AQSH Mudofaa vazirligi (Pentagon) Milliy xavfsizlik vazirligiga Meksika chegarasida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan issiqlik nuri qurolini yetti oy davomida sinovdan o‘tkazishga ruxsat berdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Active Denial System deb nomlangan qurilma ko‘zga ko‘rinmas elektromagnit to‘lqinlar tarqatadi. Ular inson terisida kuchli qizish va kuyish hissini yuzaga keltirib, odamni nurlanish hududidan chiqishga majbur qiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilmaning samarali ta’sir masofasi taxminan 1 000 metrni tashkil etadi. Nurning ta’sir doirasidan chiqqach, kuchli qizish hissi to‘xtaydi, biroq teridagi achishish va sezuvchanlik yana 10–15 daqiqa davom etishi mumkin.
Milliy xavfsizlik vazirligi yetti oylik sinov davomida qurilmani chegarada qo‘llash taktikalarini ishlab chiqadi. Uni qayerda va qanday sharoitda sinash rejalashtirilgani hozircha ochiqlanmagan.
Mazkur quroldan migrantlarga qarshi foydalanish imkoniyati avval ham muhokama qilingan. Biroq uning inson salomatligiga ta’siri va qo‘llanishining huquqiy jihatlari yuzasidan savollar mavjud.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!