Fransiyalik jurnalist, “Georama” nashriyoti asoschisi va direktori Didye Labush “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovning bu yilgi g‘oliblaridan biri bo‘lgan edi.
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi delegatsiyasining Fransiyaga safari doirasida O‘zbekiston elchixonasida jurnalistga ushbu mukofot tantanali ravishda topshirildi.
Marosimda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Oripov mamlakatimizda so‘z erkinligi va ochiqlikni ta’minlash, jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi.
Tadbir davomida Didye Labushga O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining faxriy a’zolik guvohnomasi ham topshirildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!