Kechcha, 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining премьераси bo‘lib o‘tdi, bugundan boshlab эса картина yurtimiz kinoteatrlarida keng ommaga taqdim etilmoqda.
Kontent markazi va MA’NO CINEMA hamkorligida suratga olingan mazkur filmda sun’iy mojarolar va qasoslardan ko‘ra ustoz, kitob, tarbiya, mehr-oqibat va oilaviy qadriyatlar asosiy o‘ringa qo‘yilgan. Voqealar markazidagi O‘yqiz obrazi orqali qizning xatolari va hayotiy sinovlari, uning mas’uliyatli hamda yetuk insonga aylanish jarayoni hikoya qilinadi.
Film 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida katta ekranlarga chiqarilayotgani o‘ziga xos ma’no kasb etib, uni farzandlar bilan birga ko‘rish va hayotiy maqsadlar haqida suhbatlashish uchun mos keladigan oilaviy asar sifatida baholashmoqda.