Antarktida pingvinlarining uchdan ikki qismi qirilib ketishi yoki 2100 yilga kelib sezilarli darajada kamayib ketishi mumkin. Olimlar global isishning hozirgi sur’atiga asoslanib shunday taxmin qoldirishdi.
Tadqiqotda 12 mamlakatdagi 28 ta turli muassasalardan olimlar, tabiatni muhofaza qiluvchilar va siyosatchilar ishtirok etdi. Ular imperator pingvinlari hozirda Antarktika ekotizimlarida eng himoyasiz turlar degan xulosaga kelishdi. Shunday qilib, agar issiqxona gazlari emissiyasi darajasi pasaymasa, pingvinlar populyatsiyasining 80% gacha bo‘lgan qismi asr oxiriga kelib 90% dan ko‘proqqa qisqaradi.
Olimlar imperator pingvinlari ko‘payish uchun muzga muhtojligini ta’kidladilar. Agar u yo‘qolsa, bu pingvinlar uchun halokatli bo'lishi mumkin.
Adeli pingvinlari ham xavf ostida. Antarktikada allaqachon kamayib borayotgan yana bir tur yumaloq chuvalchang Skottnema lindsayae hisoblanadi. Bu jonzot omon qolish uchun sho‘r va quruq tuproqlarni talab qiladi. Ayni paytda haroratning ko‘tarilishi tufayli muz eriydi, tuproq namlik bilan to‘yinadi va undagi tuz miqdori pasayadi.
Mutaxassislarning qayd etishicha, Antarktida tabiati xalqaro protokollar bilan himoyalangan. Lekin bu yetarli emas.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!