Niderlandiya terma jamoasi hamda “Barselona” futbolchisi Memfis Depay APLga qayishi mumkin. “Manchester Yunayted” klubi hujumchini jamoaga qaytarish niyatida.
Jurnalist Florian Plattenbergning xaba berishicha, “mankunianliklar” bosh murabbiyi Erik Ten Hag Depay xizmatlariga qiziqish bildirgan. Ta’kidlanishicha, ikki tomon allaqachon transfer yuzasidan muzokaralar olib borgan.
“Barselona” yanvar oyida niderlandiyalik hujumchini sotilishiga qarshi emas.
Ma’lumot uchun, Depay 2015-2017-yilgi mavsumlar oralig‘ida “qizil iblislar” uchun o‘ynagan.
Hujumchi joriy mavsumda “Barsa” tarkibida barcha turnirlarda 3 ta o‘yin o‘tkazib 1 ta gol urdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!