AQSh prezidenti Jo Bayden va uning rafiqasi Jill o‘zlarining komandir ismli itlarini xodimlarga nisbatan tajovuzkor xatti-harakatlari tufayli Oq uyda saqlamaslik to‘g‘risida qaror qabul qilishgan.
It allaqachon Amerika rahbarining ishchi qarorgohi hududidan chiqib ketgan. Avvalroq, 2021-yil dekabr oyida paydo bo‘lganidan beri itlar AQSh maxfiy xizmati xodimlariga kamida 11 marta hujum qilgani haqida xabar berilgan.
Matbuot kotibi Yelizabet Aleksandr Oq uy ishchilari va ularning himoyachilarining xavfsizligi prezident va birinchi xonim uchun ustuvor vazifa ekanligini aytgan.
Bayden oilasiga tegishli ikkinchi it Оq uy xodimlariga bir necha marta hujum qilganidan keyin Delaver shtatiga yuborilgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!