Belarus Respublikasida 7–8-iyul kunlari “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbir ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash va san’at sohasidagi aloqalarni kengaytirishga qaratilgan.
Tadbirlar doirasida O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Belarus madaniyat vaziri Marat Markov bilan uchrashdi. Tomonlar madaniyat, kino, teatr, muzey, kutubxona, madaniy ta’lim, kreativ industriya hamda raqamlashtirish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, qo‘shma ishchi guruh tuzish va “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Minskdagi Belarus IT Parki hamda A. Glebov nomidagi Minsk davlat amaliy san’at kolleji faoliyati bilan ham tanishdi. Uchrashuvlarda madaniyat sohasiga sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Minskdagi “Pobeda” kinoteatrida “O‘zbek kinosi kunlari” tantanali ravishda ochildi. Dastur doirasida Belarus tomoshabinlariga o‘zbek filmlari namoyish etilmoqda.
Madaniyat kunlarining asosiy tadbirlaridan biri sifatida 8-iyul kuni Minskdagi “Respublika” saroyida o‘zbek san’at ustalari ishtirokida gala-konsert hamda “Yangi O‘zbekiston” foto ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
“O‘zbekiston madaniyati kunlari” ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik, madaniy almashinuv va hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!