Bugun, 7-iyul kuni Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida “I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi: tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li” mavzusidagi nufuzli xalqaro forum o‘z ishini boshladi.
Forum O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Islom olami ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkilot (ICESCO) hamda qator xalqaro tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.
Nufuzli anjumanda dunyoning 50 dan ortiq davlatidan 300 ga yaqin delegatlar ishtirok etmoqda. Ular orasida davlat va jamoat arboblari, vazirlar, muftiylar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, olimlar va diniy ulamolar bor.
Forum doirasida islom sivilizatsiyasining boy ilmiy va madaniy merosi, tinchlik va bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib etish, shuningdek, zamonaviy davrda ilm-ma’rifatning o‘rni va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!