7-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi qabul qilinib, Senatga yuborildi. Qonun loyihasiga ko‘ra, yangi alifbo 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi o‘rniga 28 ta harf hamda 1 ta tutuq belgisidan iborat bo‘ladi.
Shuningdek, ayrim harflarning qo‘llanilishiga aniqlik kiritiladi. Muhokamalar davomida deputatlar yangi alifboni bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdi. Unga ko‘ra, qonun kuchga kirgunga qadar rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valuta va qimmatli qog‘ozlar o‘z kuchini saqlab qoladi. Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining ramzlari, peshlavhalari, ko‘rsatkichlari hamda boshqa atributlaridan belgilangan muddatgacha foydalanishga ruxsat beriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!