“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlarining ikkinchi bosqichi doirasida DXX tomonidan noqonuniy qurol muomalasining oldini olishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi. Yakkasaroy tumanida yashovchi 1981-yilda tug‘ilgan fuqaro marhum otasidan qolgan 1 dona vintovka, 19 dona ov quroli, 13 dona stvol va kolodka, 117 dona o‘q-dori hamda boshqa ehtiyot qismlarni ixtiyoriy ravishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirdi.
DXX va IIV hamkorligida o‘tkazilgan yana bir tadbirda esa Mirobod tumanida yashovchi 1960-yilda tug‘ilgan ayol marhum turmush o‘rtog‘iga tegishli 2 dona ov quroli va 181 dona o‘q-dorini ixtiyoriy ravishda topshirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!