$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Bola xarxasha qilayotganda uni qanday tinchlantirish kerak?

11:09 / 29.05.2022

Yosh bolalarda davriy injiqlik normal holat hisoblansa-da, bu paytda ota-onalar ularni qarovsiz qoldirmasliklari tavsiya etiladi va bu sharoitda bola o‘z xohishlarini shu yo‘l bilan hal qilishi mumkinligiga ishonib qolmasligi uchun uning holatiga to‘g‘ri yondashish maslahat beriladi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ota-onalar e’tibor qaratishlari lozim bo‘lgan birinchi narsa bu o‘z munosabatlaridir. Ushbu maqolada bolalardagi kuchli xarxasha haqida 6 ta muhim tavsiyalarni bilib olishingiz mumkin.  

1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ko‘p yig‘lashi odatiy hol

Mutaxassislarning fikricha, jamiyatimiz hali salbiy his-tuyg‘ularni qabul qila olmaydi. Ko‘pchilikning nazarida, xotirjam, flegmatik insonlar emosiyaga boy insonlarga qaraganda o‘tkir zehnli hisoblanadi. Kattalar ba’zida g‘azab, qayg‘u, sharmandalik bilan qanday kurashishni bilishmaydi. Ammo ularni e’tiborsiz qoldirish ham sog‘liq uchun xavfli.

Shuning uchun, 2-7 yoshda (xarxasha yoshi) bola his-tuyg‘ularni namoyon qilish va ularni sog‘lom nazorat ostiga olishni o‘rganadi. Bu yoshda bola juda ko‘p yig‘lashi kerak. Ammo bu ota-onalarga yoki bolaning salomatligiga bog‘liq emas. Bu holat bola uchun norma hisoblanadi. 

Maktabgacha yoshdagi bola xarxashasining yana bir sababi uning kichikligidadir. Agar farzandingiz 3-4 yosh bo‘lsa-yu ammo ravon gapira olmasa, muammo ham aynan shunda hisoblanadi. Ya’ni bola o‘z xohishlarini to‘liq ifodalab bera olmaydi va natijada yig‘lashni boshlaydi. Shuning uchun bolani hech bo‘lmaganda asosiy ehtiyojlar haqida gapirishga, xushmuomalalikka o‘rgatish kerak. 

2. Farzandingizning g‘ayritabiiy reaksiyalariga ahamiyat bering

Bolaning xarxashasi odatiy hol bo‘lishidan tashqari boshqa omillarga asoslangan bo‘lishi mumkin. Farzandingizda quyidagi holatlarda kuzatilsa, psixolog va nevrologga murojaat qilish tavsiya etiladi:

– xarxasha paytida har safar o‘zini yoki boshqalarni ursa;
– rangi oqarib, nafasini ushlab tursa, ko‘zlarini aylantirsa;
– qanchalik tinchlantirmang, kamida yarim soat davomida yig‘lasa;
– kuniga bir necha marta injiqlik qilib, kundan-kunga ko‘payib borsa.

Boshqa hollarda, tashvishlanishga hojat yo‘q. Bola ichidagi agressiyani chiqarib yuborishni o‘rganishi lozim. Ko‘z yoshlari bolani yengillashtiradi va tinchlanishiga yordam beradi. 

3. Bola bilan teng bo‘lmang

Kichik yoshdagi bolalarda xarxasha qilish 2-3 yoshda ya’ni bola o‘zining “xohlayman”ini anglaganda boshlanadi. Shuni inobatga olish kerakki, bu yoshdagi boladan yig‘lamaslikni so‘rash yoki uni majburlab tinchlantirish unga og‘ir yuk berib qo‘yish bilan barobar. 

Ko‘pincha ota-onalar bolaning ko‘z yoshlarini ko‘rishni xohlamaydilar, chunki ular o‘zlari stress bilan kurasha olmaydilar. Agar ota-onalarning o‘zlarida bu davr qiyin o‘tgan bo‘lsa, ya’ni shu yoshda ularning xarxashalariga javoban dakki eshitishgan bo‘lishsa yoki xonaga qamab qo‘yishgan bo‘lishsa, farzandlarining ko‘z yoshlarini imkon qadar tezroq to‘xtatish uchun hamma narsa qilib ko‘rishadi. Kimdir urshishni boshlaydi, kimdir muammoni tezroq hal qilish uchun nimadir taklif qiladi, kimdir jazolaydi. Ammo bu usullarning barchasi bolalarga yordam berish emas, balki ota-onalar uchun o‘zlarini himoya qilish usulidir. Bola xarxasha qilayotgan paytda ota-onalarning tinchlanishlari tavsiya etiladi. 

4. Har kim norozi bo‘lishga haqli

Kattalarning bolaga biror taqiq qo‘yilganda, so‘zsiz rozi bo‘lishi, qandaydir ish buyurilganda, darhol bajarish uchun yugurishini istashadi. Ammo bola allaqachon o‘z his-tuyg‘ulariga ega bo‘lgan shaxsdir. Uning shaxsiy maydoni sizning istaklaringizdan ustun. Shuning uchun, siz his-tuyg‘ularga emas, balki harakatlarga e’tibor berishingiz kerak. Masalan, qo‘shimcha shirinlik olishni taqiqlaganingizda, taqiqning buzilishidan g‘azablanish o‘rniga bolaning ko‘z yoshlari sizning jaxlingizni chiqarishi mantiqan noto‘g‘ri hisoblanadi. 

5. Sabablar to‘g‘ri kelmasligi ham mumkin

Agar bola arzimas narsa tufayli yig‘lasa, janjal ko‘tarsa, bu hech qanday sabab yo‘q, degani emas. Ehtimol, u charchagan, och qolgan, yetarlicha uxlamagan, o‘zini yaxshi his qilmagani uchun yig‘layotgan bo‘lishi mumkin. Jismoniy noqulaylikdan (masalan, bosh og‘rig‘idan) azob chekayotganingizda, atrofingizdagi hamma narsa qanchalik yoqimsiz tuyilishini o‘ylab ko‘ring. Ko‘p insonlar bilan muloqot yoki gadjetlardan ortiqcha foydalanish ham injiqlikni keltirib chiqaradi. 

Injiqlikning yana bir keng tarqalgan sababi zerikishdir. Masalan, poliklinikada navbatda turgan ota-onalar ba’zan bolaga: “Jim o‘tir” deyishadi. Va negadir u bezovtalanadi va yig‘lab yuboradi. Darhaqiqat, bola o‘z energiyasini bosishga majbur bo‘lganda, u bolani “portlatadi”. Agar siz bunday holatlarning oldini olishni istasangiz, farzandingizni zeriktirmaslikka qiling, o‘zingiz bilan o‘yinchoqlar, kitoblar oling, shunda muammolar kamroq bo‘ladi.

6. Bola manipulyatsiya qilmaydi

Ko‘pchilik ota-onalarning fikricha, xarxasha bu – manipulyatsiya. Keling, eng hayratlanarli holatni olaylik: farzandingiz u istagan narsani olib bermaguningizcha yig‘laydi, ammo ko‘zidan ko‘z yosh chiqmaydi. Manipulyasiyami? Umuman olganda, bu atama boshqa shaxsning xatti-harakati aldash yoki kuch bilan o‘zgartirilishini anglatadi. Aytish mumkinki, bola aldayapti, chunki u haqiqatan ham yig‘lashni xohlamayapti. 

Ammo ko‘pchilik bolalar buni anglamagan holda bajarishadi. Haqiqat shundaki, ular xohlagan narsaga erishishning yo‘lini o‘rganib olishgan. Biroz xarxasha qilinsa, barcha istak qondiriladi. Va bu umuman bolaning ayyorligi tufayli emas, balki tajriba tufayli sodir bo‘ladi: ota-onalar bir necha marta haqiqiy ko‘z yoshlari bilan fikrlarini o‘zgartiradilar va bu xotirada mustahkamlanadi. Ya’ni, muammoning sababi manipulyasiya emas, balki ota-onalarning nomuvofiqligidir. Va bundan qutulishning yagona yo‘li: xarxasha tufayli qarorni o‘zgartirmaslikdir. 

Ota-onalarning xatti-harakatlari algoritmi

• Injiqlik bilan qanday kurashish kerak? Tezroq tinchlaning. Balki, chuqur nafas olarsiz yoki yordam beradigan boshqa biror narsa qiling (oldindan yo‘l topishingiz kerak).

• Farzandingizning yoniga o‘tirib, uning his-tuyg‘ulari haqida gaplashing. His-tuyg‘ular darajasi cho‘qqiga chiqqanda yonida bo‘ling. Qichqiriqlarga, ayblovlarga javob bermang – bu paytda bola nima deyayotganini haqiqatan ham tushunmaydi.

• Agar mavjud bo‘lsa, vaziyatdan chiqish yo‘lini taklif qiling. Yordam bermoqchi ekanligingizni eslatib qo‘ying. Ammo darhol tinchlanishga undamang, yig‘lashni to‘xtatishga majburlamang.

• Farzandingizga eng ko‘p yordam beradigan tarzda tasalli bering. Agar barchasini to‘g‘ri bajarsangiz, xarxasha qilish yarim soatdan ko‘proq davom etishi dargumon.

• 5 yoshdan oshgan bola bilan nima bo‘lganini, nimani his qilganini, nima uchun o‘zini to‘xtata olmaganini, nima yordam berganini xotirjamlik va mehr bilan muhokama qilish kerak. Lekin buni darhol emas, masalan, kechqurun uxlashdan oldin qilish tavsiya etiladi.


Lifestyle


														
														22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:57 / 22.10.2026

														
														21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:34 / 21.10.2026

														
														20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:26 / 20.10.2026

														
														Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘iston musulmonlari diniy idoralari 2027-yilgi Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishini prognoz qildi. Bu h…
15:31 / 19.10.2026

														
														19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:51 / 19.10.2026

														
														13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:35 / 13.10.2026

														
														4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:21 / 04.10.2026

														
														2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
08:50 / 02.10.2026

														
														30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
09:58 / 30.09.2026

														
														“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

Kechcha, 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining премьераси bo‘lib o‘tdi, bugundan…
13:40 / 25.09.2026

Bu ham qiziq

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!