Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Arkutsoy paleolit yodgorligida taxminan 320–280 ming yil avvalgi qatlamga mansub tosh artefaktlar topildi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Antropologiya instituti hamda Rossiya Fanlar akademiyasi mutaxassislaridan iborat qo‘shma ekspeditsiya 2024-yildan buyon Arkutsoy yodgorligida arxeologik qazishmalar olib bormoqda.
Tadqiqotlar davomida geologik kesmaning turli sathlarida, jumladan, birinchi, ikkinchi va uchinchi qazilma tuproq qatlamlarida inson tomonidan ishlov berilgan tosh qurollar aniqlangan.
Mutaxassislarning qayd etishicha, turli davrlarga oid qatlamlardan topilgan artefaktlar qadimgi odamlar ushbu hududda bir necha bosqichda yashaganini ko‘rsatadi.
Ayniqsa, 320–280 ming yil avval shakllangan deb taxmin qilinayotgan uchinchi qatlamdagi topilmalar alohida ahamiyatga ega. Agar ularning yoshi laboratoriya tahlillari orqali tasdiqlansa, Arkutsoy O‘zbekistondagi eng qadimgi arxeologik yodgorlikka aylanishi mumkin.
Bu esa hudud ilk paleolit davridayoq qadimgi insonlar tomonidan o‘zlashtirilganini ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda IV–V asrlarga oid qadimiy ibodatxona hamda noyob devoriy gul tasvirlari topilgani haqida xabar berilgandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!