Boysun tumanidagi “Xomkon” o‘rmon bo‘limi hududida yuz bergan yong‘in yuzasidan rasmiy munosabat berildi.
2026-yil 12-avgust kuni soat 17:15 da “112” tizimi orqali Boysun tumani “Chilonzor” MFY hududida joylashgan “Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi”ga qarashli “Xomkon” o‘rmon bo‘limi hududida quruq o‘t va shox-shabbalar yonganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabar asosida hodisa joyiga Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda “Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi”ning kuch va vositalari jalb etilgan. Yong‘inni bartaraf etish ishlariga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 194 nafar shaxsiy tarkib va 8 ta texnika, “Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi”dan 60 nafar shaxsiy tarkib va 3 ta texnika, shuningdek, mahalliy aholidan 55 nafar ko‘ngilli fuqaro jalb etilgan. 2026-yil 13-avgust soat 17:30 holatiga ko‘ra, yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida taxminan 1 gektar maydondagi quruq o‘t va shox-shabbalar yongan.
Hodisa oqibatida fuqarolarning tan jarohati olganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!