$
12004.02 UZS
85.04
₽
148.80 UZS
0.76
€
13361.67 UZS
77.97
31° Kechasi 18°

Britaniya hukumati Gulnora Karimovaning 20 mln funt sterling qiymatdagi mulkini musodara qildi

10:03 / 09.08.2023

Katta miqdordagi firibgarlik bilan kurashish bo‘yicha byuro (Serious Fraud Office, SFO) Buyuk Britaniyada Gulnora Karimovaga tegishli uchta mulkni musodara qildi. Bu haqda nazorat mahkamasi bayonotida aytiladi.

Gap Londonning nufuzli Belgravia tumanidagi ikkita kvartira va Surreydagi uy haqida bormoqda. Ularning narxi 20 million funt sterling (25 600 000 AQSh dollari)dan oshadi.

SFO bayonotiga ko‘ra, Gulnora Karimova ushbu mulkni O‘zbekistondagi korrupsion faoliyatdan tushgan mablag‘ evaziga sotib olgan.

SFO 2018-yil oktyabr oyida Karimovaning Britaniyadagi aktivlarini, jumladan, uchta mulkini musodara qilish bo‘yicha sudga murojaat qilgan. Agentlik xabariga ko‘ra, 8-avgust kuni Buyuk Britaniya Oliy sudi bu da’voni qanoatlantirdi.

Gulnora Karimova 2019-yil bahoridan beri Toshkent viloyatidagi 21-sonli koloniyada jazo muddatini o‘tamoqda. 2020-yil mart oyida Oliy sud u jinoiy guruh tashkil etish, firibgarlik, davlat mulkini o‘zlashtirish va boshqa jinoyatlarda ayblanib, 13 yil-u 4 oyga ozodlikdan mahrum etilgani haqida xabar bergan edi.

Shveysariya, Fransiya, AQSh va boshqa qator mamlakatlarda Gulnora Karimovaga aloqador aktivlarning umumiy miqdori qariyb 1,4 milliard dollarga baholanmoqda.


Bu ham qiziq

Antaliyada tornado oqibatida beş nafar işçi halok böldi

Antaliyada tornado oqibatida beş nafar işçi halok böldi

Turkiyaning Antaliya viloyati Kepez tumanida 2026-yil 26-oktyabr kuni soat 23:00 atrofida yuz bergan tornado oqibatida beş n…
09:36 / 27.10.2026
Farğona va Toşkentda noqonuniy bosmaxonalar aniqlandi

Farğona va Toşkentda noqonuniy bosmaxonalar aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Farğona viloyati va Toşkent şahrida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida kontrafakt dini…
12:06 / 28.10.2026
Andijonda qorovul stavkasini oşiriş evaziga 4,5 mln söm olgan maktab direktori jazolandi

Andijonda qorovul stavkasini oşiriş evaziga 4,5 mln söm olgan maktab direktori jazolandi

Andijon viloyati Jalaquduq tumanida qorovulning iş stavkasini 0,6 dan 1 stavkaga oşirib beriş evaziga 4,5 million söm olgan …
10:22 / 27.10.2026
Toshkentda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘lindi

Toshkentda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘lindi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 28-oktabr kuni Lacetti rusumli avtomobil daraxtga urildi. YTH oqibatida avtomobil ikk…
11:16 / 28.10.2026
Saida Mirziyoyevaning taşabbusi amalda: Özbekistondagi raqamli tölovlarda katta özgariş — Apple Pay va Google Pay rasman işga tuşdi

Saida Mirziyoyevaning taşabbusi amalda: Özbekistondagi raqamli tölovlarda katta özgariş — Apple Pay va Google Pay rasman işga tuşdi

Bu haqda, Prezident Administratsiyasi rahabri özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi. Xöş, bu tizimlar foydalanu…
14:54 / 27.10.2026
Toşkentda litsenziyasiz kripto-faoliyat bilan şuğullangan talaba aniqlandi

Toşkentda litsenziyasiz kripto-faoliyat bilan şuğullangan talaba aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toşkent şahar IIBB bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida litse…
11:09 / 28.10.2026
Mirziyoyev: Sönggi 10 yilda 10 million aholiga xizmat körsatuvçi tibbiyot muassasalari işga tuşdi

Mirziyoyev: Sönggi 10 yilda 10 million aholiga xizmat körsatuvçi tibbiyot muassasalari işga tuşdi

Prezident Şavkat Mirziyoyevning tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşuvi boşlandi. Davlat rahbari yiğilganl…
11:35 / 27.10.2026
Özbekistonda birlamçi tibbiy yordamning yangi tizimi yana 100 ta tumanda joriy etiladi

Özbekistonda birlamçi tibbiy yordamning yangi tizimi yana 100 ta tumanda joriy etiladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev birlamçi tibbiy yordam sifatini oşirişga qaratilgan yangi tizim kelasi yildan yana 100 ta tumand…
11:55 / 27.10.2026
IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi da’volarga javob berdi

IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi da’volarga javob berdi

IMAN Holding “Iman Invest” kompaniyasining 70 mln dollarlik portfelida 20 mln dollar kamomad borligi haqidagi da’volarga mun…
14:18 / 28.10.2026
“Dok-1 Maks” fojiasi jabrlanuvçilariga kompensatsiya töliq tölandi

“Dok-1 Maks” fojiasi jabrlanuvçilariga kompensatsiya töliq tölandi

Özbekistonda “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalaridan jabrlangan bolalarning oilalariga kompensatsiya töliq tölab beril…
09:51 / 27.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!