Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ rasmiy munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Chiqindidan qarzi borlar tarmoqdan uzila boshlandi” mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda. Ushbu xabarlarga “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan chiqindi xizmatlari uchun oylik to‘lovlardan qarzdorligi bo‘lgan abonentlar elektr uchun to‘lovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyoti joriy etilishi belgilangan.
“Ayni paytda farmonga asosan iste’molchining chiqindi uchun qarzdorlik haqida ogohlantirilgandan keyin ham to‘lov qilmagan shaxslarning elektr energiyasi uchun to‘lovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyotini joriy qilish bo‘yicha texnik ishlar olib borilayotganligi haqida eslatib o‘tamiz”, – deyiladi “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” bayonotida.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan mazkur xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum qilingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!