Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahridagi 30-sonli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lingani aks etgan video tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib, holat o‘rganildi.
Tekshiruv jarayonida tegishli mas’ullar ishtirokida tarbiyachilarning ushbu xatti-harakatlariga huquqiy baho berildi. Natijada qo‘pollikka yo‘l qo‘ygan tarbiyachilar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi.
Shuningdek, bolalar ombudsmani hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida ota-onalar va tarbiyachilar bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi bolalarga nisbatan bunday munosabatni qat’iyan qoralashi va kelgusida shunday holatlarning oldini olish bo‘yicha keskin choralar ko‘rilishi aytildi.
Ushbu ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti hozirda ta’mirlash jarayonida bo‘lgan va tarbiyalanuvchilar vaqtincha yondosh hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirilgan. Holat aynan shu joyda sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!