Bugun, 10-sentyabr kuni soat 12:07 da Favqulodda vaziyatlar vazirligi g‘avvoslari Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan 3 nafar fuqarolardan ikkinchisining jasadini ham topishdi.
Eslatib o‘tamiz, voqea 2-sentyabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida sodir bo‘lgan edi. Katerda sayr qilish paytida oila a’zolaridan biri cho‘milish uchun suvga tushgan. Qutqaruv nimchasi bo‘lmagani uchun u cho‘kkan va unga yordam berish maqsadida akasi va otasi ham suvga tushishgan. Oqibatda uchalasi ham cho‘kib ketishgan. Kichik o‘g‘lining jasadi kecha, 9-sentyabr kuni soat 13:02 da FVV g‘avvoslari tomonidan topilgan edi.
Bugun soat 12:07 da FVV qutqaruvchilari ikkinchi cho‘kib ketgan ukasining jasadini topishdi. Otaning jasadini qidirish ishlari davom etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!