Shvetsiyaning Gotland oroli yaqinidagi Lilla-Karlsyo orolida arxeologlar taxminan 9 ming yil avval yashagan homilador ayol skeletini aniqladi.
Eng hayratlanarlisi, ayolning bachadoni hududida homila qoldiqlari juda yaxshi saqlangan. Mutaxassislar ushbu topilmani qadimgi davrga oid eng noyob va yaxshi saqlangan homila namunalaridan biri deb baholamoqda.
Topilma Suder-Vagnxus g‘orida olib borilgan arxeologik qazishmalar vaqtida aniqlangan. Olimlar hozirda ayolning kelib chiqishi, vafot etish sababi va dafn marosimi xususiyatlarini o‘rganmoqda.
Arxeologik qazishmalar hududda davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!