27-sentyabr soat 17:40 atrofida Maxachqal’a chekkasidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘lgan va yong‘in boshlangan. Yoqilg‘i quyish shoxobchasi binosi vayron bo‘lgan, yong‘in texnik stansiya va oshxonani qamrab olgan.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi yuz bergan portlash qurbonlari soni 13 kishiga yetgani ma’lum qildi. Sog‘liqni saqlash vaziri yordamchisi Aleksey Kuznetsovning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlarning to‘rt nafari shifoxonalarda qolmoqda, ulardan birining ahvoli og‘ir, uch nafarining ahvoli o‘rtacha.
Dog‘iston rahbari Sergey Melikovning so‘zlariga ko‘ra, bedarak yo‘qolganlar yo‘q. Ammo vayronalarni tahlil qilish hali ham davom etmoqda, shuning uchun u barcha jasadlar hali topilmaganini istisno qilmadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!