$
12066.22 UZS
62.2
₽
149.74 UZS
0.94
€
13444.18 UZS
82.51
31° Kechasi 18°

“Dunyoni yanada yaxshilaymiz”: Markaziy Osiyo yoshlar ekologik oromgohida yosh ekofaollar bir maqsad yo‘lida birlashdi

15:32 / 05.10.2023

Samarqandda BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi – COP-28 ga bag‘ishlangan Markaziy Osiyo yoshlar ekologik oromgohining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva, UNICEF ijrochi direktori o‘rinbosari Ted Chaiban, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxonova, BMT tuzilmalari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, Markaziy Osiyo yoshlar ekologik oromgohi 1-5-oktabr kunlari Samarqand shahrida Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha Markaziy Osiyo strategiyasini ishlab chiqish maqsadida tashkil etildi. Oromgohda 5 ta mamlakatdan kelgan 60 nafar ekofaol, olimlar va xorijiy tashkilotlar vakillari Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanish madaniyatini rivojlantirish strategiyasini muhokama qilishdi. Shuningdek, eko-oromgoh doirasida “Eco-Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Ta’kidlash joizki, eko-oromgohda yosh ekofaollar dunyoni yanada yaxshiroq qilish, ekologiyani asrash yo‘lida birlashishdi. Xususan, Ekologiya vazirligi huzurida Yoshlar qoʻmitasini tashkil etish, ishlab chiqilgan qoidalar va atrof-muhit dasturlari bo‘yicha ovoz berish hamda fikr bildirish imkoniyatini yaratish, ishga joylashish va universitetga kirish vaqtida volontyorlik faoliyatini hisobga olish, yo‘qolgan o‘simliklarning o‘rnini qoplash, aholi, ayniqsa, yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish uchun sun’iy o‘rmonlar barpo etish, ekostartaplarni moliyalashtirish orqali zararli chiqindilarni kamaytirish, elektromobillar ishlab chiqarishni ko‘paytirish va yoqilg‘ida harakatlanuvchi transport vositalarining katalizatorlarini yaxshilash kabi muhim takliflarni ilgari surishdi.

Eko-oromgoh yakunida “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti hududida daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib, esdalik nishoniga imzo chekildi.

Markaziy Osiyo yoshlar ekologik oromgohidan asosiy maqsad yoshlarning iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashishdagi rolini e’tirof etish, yosh eko-faollarga ekologik taklif va tashabbuslarni ilgari surish uchun platforma taqdim etish hamda Markaziy Osiyoda yoshlar ekologik harakatini integratsiya qilishdan iborat.


Bu ham qiziq

Saida Mirziyoyevaning taşabbusi amalda: Özbekistondagi raqamli tölovlarda katta özgariş — Apple Pay va Google Pay rasman işga tuşdi

Saida Mirziyoyevaning taşabbusi amalda: Özbekistondagi raqamli tölovlarda katta özgariş — Apple Pay va Google Pay rasman işga tuşdi

Bu haqda, Prezident Administratsiyasi rahabri özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi. Xöş, bu tizimlar foydalanu…
14:54 / 27.10.2026
Toshkentda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘lindi

Toshkentda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘lindi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 28-oktabr kuni Lacetti rusumli avtomobil daraxtga urildi. YTH oqibatida avtomobil ikk…
11:16 / 28.10.2026
Megan Markl otasi bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi

Megan Markl otasi bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi

Sasseks gersoginyasi Megan Markl 2025-yilda otasi Tomas Marklga maktub yozib, uning farzandlari bilan uçraşişiga ruxsat berm…
13:34 / 27.10.2026
Özbekistonda Apple Pay xizmati işga tuşirildi

Özbekistonda Apple Pay xizmati işga tuşirildi

27-oktyabr kuni Özbekistonda Apple Pay xalqaro tölov xizmati işga tuşirildi. Endilikda iPhone foydalanuvçilari mamlakatdagi …
13:28 / 27.10.2026
Til sertifikati sabab dissertatsiya himoya qila olmagan magistrantlarga ruxsat berildi

Til sertifikati sabab dissertatsiya himoya qila olmagan magistrantlarga ruxsat berildi

Özbekistonda 2022/2023-öquv yilining qişki qabulida istisno tariqasida magistraturaga qabul qilingan, biroq xorijiy til sert…
11:13 / 28.10.2026
“Dok-1 Maks” fojiasi jabrlanuvçilariga kompensatsiya töliq tölandi

“Dok-1 Maks” fojiasi jabrlanuvçilariga kompensatsiya töliq tölandi

Özbekistonda “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalaridan jabrlangan bolalarning oilalariga kompensatsiya töliq tölab beril…
09:51 / 27.10.2026
Tibbiyot xodimlari uçun Ibn Sino nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilişi taklif qilindi

Tibbiyot xodimlari uçun Ibn Sino nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilişi taklif qilindi

Prezident Şavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi özgarişlarda 800 mingdan ziyod xodim munosib hissa qöşayotg…
11:47 / 27.10.2026
IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi da’volarga javob berdi

IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi da’volarga javob berdi

IMAN Holding “Iman Invest” kompaniyasining 70 mln dollarlik portfelida 20 mln dollar kamomad borligi haqidagi da’volarga mun…
14:18 / 28.10.2026
AQŞ harbiylari Tinç okeanida qayiqqa zarba berdi: beş kişi halok böldi

AQŞ harbiylari Tinç okeanida qayiqqa zarba berdi: beş kişi halok böldi

AQŞ harbiylari 27-oktabr kuni Tinç okeanining şarqiy qismida narkotik moddalar taşişda gumon qilingan qayiqqa zarba berdi. H…
14:53 / 28.10.2026
“Dok-1 Maks” işi böyiça jabrlangan oilalarga 80 milliard söm kompensatsiya tölandi

“Dok-1 Maks” işi böyiça jabrlangan oilalarga 80 milliard söm kompensatsiya tölandi

“Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalari iste’moli oqibatida jabrlangan oilalarga jami 80 milliard söm kompensatsiya tölan…
14:10 / 28.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!