“El Mayo” laqabi bilan mashhur bo‘lgan meksikalik eng nufuzli narkobaron Ismael Sambada AQShda hibsga olindi. Bu haqda DW Telegram kanali xabar bermoqda.
AQSh bosh prokurori Merrik Garlandning aytishicha, u bilan 2019-yildan beri qamoqda saqlanayotgan Xoakin “El Chapo” Gusmanning o‘g‘li Xoakin Gusman Lopes ham hibsga olingan.
El Mayo kuchli “Sinaloa” narkokartelining rahbari va hammuassisi hisoblanadi.
“Sinaloa” dunyodagi eng zo‘ravon va kuchli giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanadigan tashkilotlaridan biri hisoblanadi.
Sambada fentanil ishlab chiqarish va tarqatish, qotillik qilish, pul yuvish va boshqa bir qator jinoyatlarda ayblanmoqda.
Ma’lumot uchun, uni qo‘lga olish uchun 15 million dollar mukofot va’da qilingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!