Eronda jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.
Tehrondagi diplomatik vakolatxonaga ko‘ra, hozirda Eronda jami 81 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib turibdi. Shulardan:
– 8 nafari — diplomatik vakolatxonalar xodimlari;
– 9 nafari — Qum shahrida tahsil olayotgan talabalar;
– 55 nafari — Eron hududida doimiy yashovchi fuqarolar;
– 9 nafari — xususiy safar bilan borganlar.
Elchixona vatandoshlar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi va ular bilan muntazam muloqotni ta’minlamoqda, deyiladi xabarda.
Zarur hollarda fuqarolar O‘zbekistonning Tehron shahridagi elchixonasiga quyidagi raqam orqali murojaat qilishlari mumkin: +98 912 132 78 23 (mas’ul shaxs: Yuldashev Elbek).
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!