Farg‘ona viloyati IIB hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatning oldi olindi.
Aniqlanishicha, Namangan viloyatining Pop tumanida ro‘yxatda turib, Buvayda tumanida yashagan ayol Turkiyaning Istanbul shahrida istiqomat qiluvchi tanishi bilan oldindan til biriktirgan.
Gumonlanuvchilar Uchko‘prik va Buvayda tumanlarida yashovchi ikki nafar ayolni Istanbulda yuqori daromadli ish va’dasi bilan aldab, ularning Turkiyaga borishi uchun elektron aviachiptalar xarid qilib bergan.
Biroq tezkor tadbir natijasida ayollarning chet elga jo‘natilishiga Toshkent xalqaro aeroportida chek qo‘yilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ichki ishlar vazirligi fuqarolarni xorijda ish taklif qilayotgan shaxslarning va’dalariga ishonmaslikka, chet elga faqat qonuniy tartibda ishga borishga hamda shubhali takliflar yuzasidan tegishli idoralarga murojaat qilishga chaqirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!