“Toshkent metropoliteni” DUK xabariga ko‘ra, Toshkent metropolitenining yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida 17-iyuldan 19-iyulgacha – ikki kun muddatga poyezdlar harakati soat 06:00 dan 22:30 gacha amalga oshiriladi. Ma’lum qilinishicha, mazkur cheklov yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida yer usti halqa yo‘li yo‘nalishidagi bekatlarning texnik holatini qo‘shimcha ravishda batafsil nazoratdan o‘tkazish bilan bog‘liq.
Qayd etilishicha, ushbu muddat davomida Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishidagi 14 ta bekatning konstruktiv va texnik holati mutaxassislar tomonidan belgilangan tartibda sinchkovlik bilan ko‘zdan kechiriladi.
Metropoliten ma’lumotiga ko‘ra, profilaktik tadbirlar infratuzilmaning ishonchli faoliyatini ta’minlash, mavjud holatni chuqur tahlil qilish hamda yo‘lovchilar uchun yanada xavfsiz va qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan.
“Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz”, – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!