Farg‘ona viloyatida “Mansur Kazanskiy” laqabi bilan tanilgan shaxs 100 ming AQSH dollarini tovlamachilik yo‘li bilan olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, gumonlanuvchi Toshkent shahrida yashovchi fuqaroga tegishli noturar joyni 1,2 million AQSH dollariga sotib olishga kelishgan. Biroq keyinchalik bank krediti shartlari bilan tanishib, kredit rasmiylashtirishdan bosh tortgan.
Shundan so‘ng u noturar joyni egasiga qaytarib berish evaziga 200 ming AQSH dollari talab qilgan. Shuningdek, jabrlanuvchining tadbirkor sherigiga bosim o‘tkazib, go‘yoki unga qarshi qoralovchi materiallar borligi va jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi bilan qo‘rqitgan.
Holat yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi Farg‘ona shahridagi notarial idorada noturar binoni 100 ming AQSH dollari evaziga jabrlanuvchiga qayta rasmiylashtirib berayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi, ya’ni tovlamachilik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyatga aloqador shaxslar protsessual tartibda ushlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!