Elektromobil olmoqchi bo‘lganlarga avtokredit foizining bir qismi davlatdan qoplab berilishi mumkin
O‘zbekistonda elektromobil xaridi uchun olingan avtokredit foizining bir qismini davlat tomonidan qoplash taklif etilmoqda.
Qaror loyihasiga ko‘ra, 2026-yil 1-avgustdan boshlab:
▪️ narxi BHMning 1000 baravaridan oshmaydigan elektromobillar uchun;
▪️ birlamchi bozordan xarid qilinganda;
▪️ 300 mln so‘mgacha bo‘lgan avtokreditlar bo‘yicha kompensatsiya beriladi.
Davlat kreditning dastlabki 2-yilida 16 foizdan yuqori bo‘lgan, ammo 8 foiz bandidan oshmaydigan qismini qoplab berishi rejalashtirilmoqda.
Kompensatsiya avtomatik berilmaydi. Fuqaro kredit rasmiylashtirayotganda bangga arizasida ushbu imtiyozdan foydalanish istagini ko‘rsatishi kerak. Bunda qarz oluvchi kreditga layoqatli bo‘lishi va muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lmasligi shart.
Agar kredit to‘lovlari 3 oy ketma-ket amalga oshirilmasa, kredit muddatidan oldin yopilsa yoki shartnoma bekor qilinsa, kompensatsiya to‘lash to‘xtatiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!