Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi masalalari bo‘yicha departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Aziz Azimov, shahar boshqarmalari, mutasaddi idoralar va tuman hokimliklari rahbarlari bilan birgalikda zamonaviy, xavfsiz va hammabop jamoat makonlarini yaratishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi.
Avvalo, poytaxt hovlilaridagi bolalar va sport maydonchalariga o‘rnatish uchun taklif etilayotgan jihozlar namunalari ko‘zdan kechirildi. Konstruksiyalarning sifati, xavfsiz qoplamasi, jihozlarning uzoq muddatga chidamliligi, shuningdek, imkoniyati cheklangan bolalar va kattalar uchun sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
Mutasaddilarga zamonaviy xavfsizlik, sifat va inklyuzivlik talablariga javob beradigan jihozlar o‘rnatilishini ta’minlash topshirildi. Bolalar va sport maydonchalari nomiga qurilgan obyektlar emas, balki barcha aholi bemalol foydalana oladigan to‘laqonli maskanlar bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!