$
11795.00 UZS
-18.09
135.80 UZS
0.19
13698.71 UZS
21.51
31° Kechasi 18°

Toshkent aeroporti tashqarisida aviahalokat bo‘yicha keng ko‘lamli o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

16:58 / 08.08.2026

7 avgust kuni Toshkent xalqaro aeroporti tashabbusi bilan Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida parvozlar xavfsizligini ta’minlash va qidiruv-qutqaruv ishlarini tashkil etish bo‘yicha idoralararo keng ko‘lamli o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot ssenariysiga ko‘ra, Istanbul–Toshkent yo‘nalishida parvoz qilayotgan yo‘lovchi samolyoti qo‘nishga yaqinlashgan vaqtda havo dispetcheri hamda ekipaj o‘rtasidagi aloqa uzilib qoladi. Shundan so‘ng havo kemasi Toshkent shahriga yetib kelmasdan aviahalokatga uchraydi.

Shartli aviahalokat haqidagi ma’lumot dispetcherlar tomonidan zudlik bilan aeroportning yerdagi qidiruv-qutqaruv ishlarini ta’minlash guruhiga va boshqa tegishli xizmatlarga yetkaziladi. Shundan so‘ng qidiruv-qutqaruv ishlari boshlanadi.

Simulyatsion favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish uchun 250 ga yaqin mutaxassis va 25 ta maxsus texnika jalb qilindi.

Mashg‘ulot Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa, Sog‘liqni saqlash, Ichki ishlar vazirliklari, Milliy gvardiya hamda Toshkent xalqaro aeroporti hamkorligida tashkil etildi.

O‘quv mashg‘uloti davomida qutqaruvchilar yong‘inni o‘chirish, odamlarni evakuatsiya qilish, jabrlanganlarni jarohatlarining og‘irlik darajasiga qarab taqsimlash, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va tibbiyot muassasalariga yetkazish bo‘yicha amaliy harakatlarni bajardi. Shuningdek, samolyot bortidagi xavfli yuklarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish ishlari ham amalga oshirildi.

“Toshkent xalqaro aeroporti” MChJ ma’lumotlariga ko‘ra, aeroport hududidagi mashg‘ulotlardan tashqari, yil davomida bir necha bor aeroportdan tashqarida ham shu kabi kompleks o‘quv tadbirlari o‘tkaziladi.

Mashg‘ulotdan asosiy maqsad aviahalokat yuz bergan taqdirda vazirlik va idoralar, shuningdek, aeroport bo‘linmalari o‘rtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish, favqulodda vaziyat oqibatlarini tezkor bartaraf etish hamda xodimlarning bunday holatlarga tayyorgarligini oshirishdan iborat.

O‘quv mashg‘uloti yakunida tegishli bo‘lim va idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

Shuningdek, Toshkent aeroporti hamda tegishli idoralarning kuch va vositalari tayyorgarligi yuqori baholanib, favqulodda vaziyat yuz bergan taqdirda tezkor choralar ko‘rishga to‘liq tayyor ekani qayd etildi.


O‘zbekiston


														
														O‘zbekistonda bitiruvchilari eng yuqori natija ko‘rsatgan 20 ta oliygoh aniqlandi

O‘zbekistonda bitiruvchilari eng yuqori natija ko‘rsatgan 20 ta oliygoh aniqlandi

O‘zbekistonda “Bitiruvchilar sifati indeksi” natijalariga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan 20 ta oliy ta’lim muassas…
13:01 / 06.09.2026

														
														Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda

Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda

Toshkent shahrida o‘quvchilarning maktabga qanday qatnashi va maktab avtobuslariga ehtiyoj mavjudligi o‘rganilmoqda. Bu haqd…
12:51 / 06.09.2026

														
														16 yoshga to‘lmaganlar homiladorligi haqida xabar bermaganlar jarimaga tortilishi mumkin

16 yoshga to‘lmaganlar homiladorligi haqida xabar bermaganlar jarimaga tortilishi mumkin

O‘zbekistonda erta nikoh, 16 yoshga to‘lmaganlarning homiladorligi va tug‘ishi bilan bog‘liq holatlar haqida tegishli organl…
10:57 / 06.09.2026

														
														“Tolibon” soqol kalta olingani sabab 12 ta sartaroshxonani yopdi

“Tolibon” soqol kalta olingani sabab 12 ta sartaroshxonani yopdi

Afg‘onistonning Zobul viloyati Qalat shahrida “Tolibon” bir hafta davomida 12 ta sartaroshxonani yopdi. Bunga sartaroshxonal…
09:39 / 06.09.2026

														
														O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoa…
15:25 / 05.09.2026

														
														Hisob palatasiga yangi rais tayinlandi

Hisob palatasiga yangi rais tayinlandi

Bugun, 5-sentabr kuni Alisher Bahodirovich Samadov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi.
10:29 / 05.09.2026

														
														Farg‘onadagi yerto‘ladagi “akula” aslida Siam somi bo‘lib chiqdi

Farg‘onadagi yerto‘ladagi “akula” aslida Siam somi bo‘lib chiqdi

Farg‘onadagi ko‘p qavatli uy yerto‘lasida boqilayotgani aytilgan “akula” aslida akula emas, Siam somi ekani ma’lum bo‘ldi.
10:21 / 05.09.2026

														
														Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari yana oshmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil…
10:17 / 05.09.2026

														
														Uyushma 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

Uyushma 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tashabbusi a…
10:07 / 05.09.2026

														
														Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharo…
17:56 / 04.09.2026

Bu ham qiziq

Farg‘ona va Namanganda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Farg‘ona va Namanganda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda Qo‘qon shahrida giy…
10:32 / 04.09.2026
Isroillik vazir G‘azo aholisini ko‘chirish rejasini taqdim etdi

Isroillik vazir G‘azo aholisini ko‘chirish rejasini taqdim etdi

Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir kelgusi yetti yil ichida G‘azo sektoridagi 2 milliondan ortiq falastinlikni …
14:24 / 04.09.2026
Tarixda ilk bor cho‘chqa buyragi inson tanasida 271 kun ishladi

Tarixda ilk bor cho‘chqa buyragi inson tanasida 271 kun ishladi

AQShda genetik jihatdan o‘zgartirilgan cho‘chqadan ko‘chirib o‘tkazilgan buyrak inson organizmida 271 kun davomida faoliyat …
14:30 / 04.09.2026
16 yoshga to‘lmaganlar homiladorligi haqida xabar bermaganlar jarimaga tortilishi mumkin

16 yoshga to‘lmaganlar homiladorligi haqida xabar bermaganlar jarimaga tortilishi mumkin

O‘zbekistonda erta nikoh, 16 yoshga to‘lmaganlarning homiladorligi va tug‘ishi bilan bog‘liq holatlar haqida tegishli organl…
10:57 / 06.09.2026
AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga muomalaga chiqarildi

AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga muomalaga chiqarildi

AQSHda mamlakatning mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlangan, Donald Tramp tasviri tushirilgan 1 dollarlik tanga muomala…
09:45 / 04.09.2026
Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari yana oshmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil…
10:17 / 05.09.2026
Hisob palatasiga yangi rais tayinlandi

Hisob palatasiga yangi rais tayinlandi

Bugun, 5-sentabr kuni Alisher Bahodirovich Samadov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi.
10:29 / 05.09.2026
“Tolibon” soqol kalta olingani sabab 12 ta sartaroshxonani yopdi

“Tolibon” soqol kalta olingani sabab 12 ta sartaroshxonani yopdi

Afg‘onistonning Zobul viloyati Qalat shahrida “Tolibon” bir hafta davomida 12 ta sartaroshxonani yopdi. Bunga sartaroshxonal…
09:39 / 06.09.2026
AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSH federal sudyasi Donald Tramp ma’muriyatining tug‘ilish orqali fuqarolik olish huquqini cheklashga qaratilgan yangi farm…
09:36 / 04.09.2026
Way II investorlariga dividendlar to‘lab berildi

Way II investorlariga dividendlar to‘lab berildi

3-sentabr kuni Akfa Aluminium Group kompaniyasiga investitsiya kiritgan Way II hamkorlariga 2026-yilning birinchi yarim yill…
14:50 / 04.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!