7-avgust kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor, taniqli kinoaktyor, rejissyor va pedagog Abdumannon Ubaydullayev 86 yoshida vafot etdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi.
Abdumannon Ubaydullayev tomoshabinlarga, xususan, kinorejissyor Zulfiqor Musoqovning “Vatan” filmidagi roli orqali yaxshi tanilgan. U faoliyati davomida “Omad”, “So‘nggi lahza”, “Hijron”, “Nazar”, “Yigit yig‘lamasin”, “Aldangan ko‘ngil”, “Mehr” kabi ko‘plab badiiy filmlar hamda milliy teleseriallarda turli obrazlarni gavdalantirgan.
Marhum ijodkor uzoq yillar davomida pedagogik faoliyat bilan ham shug‘ullangan. U O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasida talaba yoshlarga ta’lim berib kelgan.
Abdumannon Ubaydullayevning vafoti o‘zbek san’ati va madaniyati uchun katta yo‘qotish bo‘ldi.
Marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiramiz.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!