O‘zbekistondagi davlat tashkilotlari serverlariga kiber hujumlar aniqlandi
Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati O‘zbekistondagi barcha davlat tashkilotlari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarni kiberhujumlar amalga oshirilayotganidan ogohlantirdi.
Olib borilgan o‘rganishlar natijasida kiberjinoyatchilar O‘zbekistondagi tashkilotlari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kompyuter va serverlariga RDP (Remote Desktop Protocol) xizmati orqali ruxsatsiz kirishga qaratilgan ommaviy kiberhujumlarni amalga oshirayotgani ma’lum bo‘lgan. O‘rganishlar davomida mazkur kiberhujumlarni boshqarishda foydalanilayotgan zararli C2 (Command and Control) infratuzilmasiga tegishli bir qancha xorijiy IP manzillar aniqlangan.
Dastlabki tahlillar natijasida ushbu ommaviy kiberhujumlar oqibatida ayrim tashkilotlarning axborot tizimlari zararlangani, jumladan, ayrim server va kompyuterlardagi ma’lumotlar shifrlangani aniqlangan. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!