Navoiy viloyatining Nurota tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura shtabi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida “O. Q.” MCHJga tegishli suv nasoslari hisoblagichining ulanish sxemasi o‘zgartirilgani va shu orqali elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlangan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur qoidabuzarlik oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 12 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan tegishli tartibda huquqiy choralar ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida ham 1,2 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq ikki holat aniqlangan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!