O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan turkiyalik taniqli olim Kemal Yavuz Atamanning “Men tanigan O‘zbekiston” nomli kitobi nashr etildi.
Asar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati hamda Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamkorligida amalga oshirilayotgan “Ma’rifat elchilari” loyihasi doirasida o‘zbek va turk tillarida chop etildi.
Kitobda muallifning 1991-yildan buyon O‘zbekiston bo‘ylab amalga oshirgan safarlari, ilmiy ekspeditsiyalari, arxiv tadqiqotlari va yurtdoshlar bilan muloqotlari asosida shakllangan kuzatuvlari jamlangan. Unda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakat taraqqiyoti, madaniy meros, xalqimizning qadriyatlari hamda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi o‘rni xorijlik olim nigohida tahlil qilingan.
Kitob taqdimotida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar, akademiklar, ziyolilar, yozuvchi va tarjimonlar, diplomatik korpus, ommaviy axborot vositalari vakillari, talabalar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
“Men tanigan O‘zbekiston” kitobi mamlakatimiz haqidagi ilmiy kuzatuvlar va samimiy taassurotlarni o‘zida mujassam etgan muhim nashr sifatida e’tirof etilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!