O‘zbekistonda ota-onalarga farzandiga otasining ismini familiya sifatida berish imkoniyati yaratiladi. Tegishli qonun 8 avgust kuni Oliy Majlis Senatida ma’qullandi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, bolaning familiyasi ota yoki onaning familiyasi asosida belgilanadi. Milliy an’analarga muvofiq, ayrim hollarda boboning ismini familiya sifatida berish ham mumkin.
Yangi tartib kuchga kirgach, ota-onalar farzandiga otasining ismini ham familiya sifatida berishi mumkin bo‘ladi. Buning uchun Oila kodeksining 69-moddasiga tegishli o‘zgartirish kiritilmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullangach, Prezident imzolashi uchun yuboriladi.
Mazkur o‘zgartirish fuqarolarga ism va familiyani shakllantirishda milliy an’analar hamda oilaviy xususiyatlarni hisobga olish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!