$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

Fikrlarni aniq ifodalashni qanday o‘rganish kerak?

16:28 / 05.08.2022

Ba’zan inson haqiqatan ham tinglovchilarga yoki o‘quvchilarga qandaydir g‘oyalarni yetkazishni xohlaydi, lekin buni amalga oshirishda ma’lum qiyinchiliklarga duch keladi. Auditoriya uchun mos so‘z topishda fikrlar chalkashib ketadi, tarqaladi, mavzudan mavzuga o‘tadi. Biz ushbu to‘siqlarni yengib o‘tishga yordam beradigan bir nechta maslahatlarni to‘pladik.

1. “Tezis – argument – isbot” sxemasidan foydalanish

Bu fikrlarni shakllantirishga, bayonot yoki matnni mantiqiy va izchil tuzishga yordam beradi. Ayniqsa, kimdir bilan bahslashayotgan vaziyatda yoki biron bir muammo bo‘yicha o‘z nuqtayi nazaringizni ishonchli tarzda taqdim etmoqchi bo‘lganingizda.

Birinchidan, siz tezis yoki taxminni ilgari surasiz. Keyin uni biroz kengaytiring, aniq nimani nazarda tutayotganingizni tushuntiring. Nihoyat, dalillarni taqdim eting. Masalan:

Tezis: “Klassik asarlarni o‘qish muhim va zarurdir".

Argument: “Klassik adabiyot so‘z boyligini oshirishga, fantaziya va hissiy aqlni rivojlantirishga yordam beradi”.

Isbot: “Olimlar mumtoz adabiyotni o‘qigan kishilar boshqalarning his-tuyg‘ularini yaxshiroq tan olishini tasdiqlagan”.

2. Eslatmalar yozish

Masalan siz badiiy bo‘lmagan kitoblarni o‘qishni yaxshi ko‘rsangiz. Aytaylik, siz bir bobni tugatdingiz, so‘ngra qisqacha, tom ma’noda yarim sahifa, asosiy tezislarni yozing.

Agar siz har bir bobdan keyin eslatma olishga qiynalayotgan bo‘lsangiz, ma’lum miqdordagi so‘zlar yoki sahifalarni saqlashga harakat qilib, butun kitobni qayta aytib berishingiz mumkin. Bu xotirani o‘rgatishning ham yaxshi usuli.

3. Ovozli qaydlarni olish

Ovoz yozish moslamasidan yoki, masalan, Telegram’dagi audio yozish foydalaning. O‘zingiz uchun xabar qoldiring: amalga oshirmoqchi bo‘lgan g‘oyalar, miyangizda paydo bo‘lgan qiziqarli fikrlar yoki ertangi kun uchun qilinadigan ishlar ro‘yxati.

Shuningdek, ovozli yozuvning uzunligini, bir daqiqadan ko‘proq ushlab turishga harakat qiling. Bu fikrni ifodalash va rivojlantirish uchun yetarli, lekin ayni paytda uni yo‘qotmaslik kerak. Bunday chegara, albatta, sizni tez gapirishga, baqirmaslik, fikrlar chalkashib ketmasligi va so‘zlarni to‘g‘ri tanlashga undaydi.

Ovozli xabarlar muxlislari uchun hatto maxsus ijtimoiy tarmoqlar ham mavjud. U yerda faqat bir daqiqadan ko‘p bo‘lmagan audio orqali muloqot qilish mumkin. Bundan tashqari fikrlash va notiqlik qobiliyatlarini yaxshi o‘rganish ehtimoli yuqori.

4. “Twitter”dan foydalanish

Bir necha kun avval O‘zbekistonda “Twitter” blokdan ochildi. Ushbu ijtimoiy tarmoqdagi postning maksimal uzunligi esa 280 belgidan iborat. Bunday cheklash barcha ortiqcha narsalarni olib tashlashga yordam beradi va fikrlarni qisqa va aniq ifodalash uchun asqatadi. Ayniqsa, siz aldamasangiz va o‘nlab postlar yaratishga ehtiyojingiz bo‘lmasa.

Aytgancha, vazifani murakkablashtirish uchun, “Twitter”da bo‘lgani kabi, 280 belgidan iborat matnni 140 ta belgiga jamlashga harakat qilishingiz mumkin.

5. Filmlar va kitoblar uchun loglaynlar yozish

Loglayn bu syujetni bir necha satrda juda qisqa tarzda qayta hikoya qilish usuli hisoblanadi. Undan ssenariy mualliflari o‘zlarining hikoyalarini imkon qadar tezroq tushuntirish uchun foydalanadilar.

Misol uchun, 1994 yilda Oskar mukofotiga loyiq ko‘rilgan “Forrest Gamp” filmi uchun loglayn shunday edi: “Forrest Gamp, garchi aql-idrok bilan ajralib turmasa ham, tarixiy voqealarning tasodifiy ishtirokchisiga aylanadi va uning haqiqiy sevgisi Jenni Kyurren uni chetlab o‘tadi”.

Forrest-Gump-Movie-Poster - Lagan Dragons

Shuningdek, “Matrisa” filmi loglayni: “Xaker sirli isyonchilardan tanish dunyoning asl mohiyati va bu dunyoni boshqarayotganlarga qarshi urushdagi roli haqida o‘rganadi”.

Loglayn yozish (yoki uning kengaytirilgan versiyalari – izoh va konspekt) arzimas masaladek tuyulishi mumkin. Hatto yozuvchilarga ham ba’zan qiyinchilik tug‘diradi. Axir u orqali syujetdagi eng muhim voqealarni ajratib ko‘rsatishni o‘rganish kerak va hatto o‘nlab so‘zlar bilan butun film mohiyatini tushuntirish kerak. Shunday qilib, agar siz aniq va tushunarli muloqot qilishni istasangiz, loglaynlarni yaratish ajoyib amaliyot bo‘lishi mumkin.


Foydali


														
														OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellarini sinovdan o‘tkazish jarayonida bir qator kutilmagan xatti-harakatlar kuzatilganini ma’lum…
10:10 / 18.09.2026

														
														Oltin narxi keskin pasaydi

Oltin narxi keskin pasaydi

“Bu 2013-yildan buyon kuzatilgan eng katta bir kunlik pasayishdir”, deb ma’lumot bermoqda RBK nashri.
12:58 / 22.10.2025

														
														Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

O‘zbekistonning bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha ilg‘or tajribasi Xalqaro mehnat tashkiloti tomon…
12:04 / 17.10.2025

														
														Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

UzAuto Motors AJ yangilangan Chevrolet Cobalt modifikatsiyalarini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi.
16:55 / 15.10.2025

														
														Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Tergov harakatlari olib borilmoqda.
08:22 / 28.09.2025

														
														iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

Rejim har doim emas, tizim ortiqcha sarfni sezganda ishga tushadi.
15:16 / 19.09.2025

														
														Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Shu yilning 11-sentyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyatida metall qabul qilish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqi…
16:58 / 13.09.2025

														
														Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Profilga musiqa qo‘shish, birlamchi profil sahifasini tanlash va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi
21:55 / 01.09.2025

														
														2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

Bugungi kunda O‘zbekistonda 600 dan ziyod startaplar faoliyat yuritmoqda. Sakkiz yil ilgari ularning soni barmoq bilan sanar…
14:51 / 20.08.2025

														
														Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Har kuni uyimizdan chiqqanimizda, ko‘chada chiqindilarga ko‘zimiz tushadi. Ular ba’zan chiqindi qutilarida to‘planib, ba’zan…
17:18 / 11.08.2025

Bu ham qiziq

AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

Özbekistonda AI-80 markali benzin birja savdolariga çiqarildi. Biroq uşbu mahsulot avtomobillarga yoqilği sifatida quyiş şox…
14:50 / 20.11.2026
Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Samarqand, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami 3,1 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vosital…
09:27 / 20.11.2026
Özbekistonda banklar mijozlarga naqd pul berişni uzluksiz ta’minlaşi şart

Özbekistonda banklar mijozlarga naqd pul berişni uzluksiz ta’minlaşi şart

Özbekistonda aholi va tadbirkorlarning naqd pul oliş huquqini kafolatlovçi yangi tartib joriy etiladi. Unga köra, banklar fu…
16:18 / 19.11.2026
Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Özbekistonda birlamçi tibbiy yordam sifatini yaxşilaş maqsadida 100 million dollar imtiyozli kredit ajratişni ma…
10:19 / 19.11.2026
Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Prezident Şavkat Mirziyoyev quriliş materiallari sanoatidagi natijalar va yangi eksport imkoniyatlariga töxtalib, yaqin yill…
15:08 / 20.11.2026
Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekistonda 2030-yilga qadar oltin qazib oliş hajmini 175 tonnaga, kumuş işlab çiqarişni 500 tonnaga, mis işlab çiqariş quv…
14:06 / 19.11.2026
Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

19-noyabr kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ta’limni rivojlantiriş istiqbollariga bağişlangan Erasmus+ eks…
17:52 / 19.11.2026
Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston Turkiya kompaniyalarini qişloq xöjaligi, infratuzilma va quriliş sohalaridagi qöşma loyihalarga jalb etmoqçi. Bu …
14:19 / 19.11.2026
O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar va moliyaviy xizmatlar sohasida Turkiya bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda…
14:46 / 19.11.2026
Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metropolitenida yölovçilar oqimi oşgani sababli vagon parkini kengaytiriş rejalaştirilmoqda. 2026-yil sentabr–oktabr…
11:50 / 20.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!