Fransiya farmatsevtlarining kasaba uyushma markazlari payshanba kuni butun mamlakat bo‘ylab ish tashlash e’lon qildi. Bu haqda BFMTV telekanali xabar berdi, deya ma’lum qildi “Anadulu”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, farmatsevtlar shu yo‘l bilan “dori-darmonlar taqchilligiga e’tibor qaratish, ish haqining oshishiga erishish va dori vositalarining onlayn savdosi tarqalishiga norozilik bildirish” niyatida.
Telekanal ma’lum qilishicha, ish tashlashda 20 mingdan ortiq fransuz dorixonalari ishtirok etishi mumkin.
Fransiyada hozirda 5 mingdan ortiq turdagi dori vositalari yetishmaydi. Farmatsevtlar kasaba uyushmalarining aytishicha, har besh retseptdan to‘rttasini dori bilan ta’minlashda muammolar paydo bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!