AQSh 24-avgust kuni Suriyani “terrorizm homiylari” davlatlar ro‘yxatidan rasman chiqardi. Qaror mamlakatning 1979-yildan buyon amal qilib kelgan mazkur maqomini bekor qildi.
AQSH Davlat kotibi Marko Rubio bu qarorni Suriyaning yangi hukumati terrorizmga qarshi kurashish va mintaqadagi xavfsizlikni ta’minlash borasida ko‘rsatgan ijobiy qadamlari bilan izohladi. Vashington, xususan, Suriya hukumati “Islomiy davlat”ga qarshi kurashdagi hamkorligini ijobiy baholagan.
Ro‘yxatdan chiqarish Suriya iqtisodiyoti uchun muhim qadam hisoblanadi. Qaror mazkur maqom bilan bog‘liq ayrim moliyaviy cheklovlarni bekor qilib, xalqaro investitsiyalar va bank operatsiyalari uchun imkoniyatlarni kengaytiradi.
Suriya Prezidenti Ahmad ash-Shara’a AQSHning qarorini tarixiy deb atab, bu qadam mamlakatni qayta tiklash va iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qilishini bildirdi.
Shu bilan birga, AQSH bir vaqtning o‘zida “Hay’at Tahrir ash-Shom” (HTSH) tashkilotining terrorchi tashkilot sifatidagi maqomini ham bekor qildi.
AQSHning “terrorizm homiylari” ro‘yxatida hozircha Eron, Kuba va Shimoliy Koreya qolmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!