Rossiyada turli sabablar, jumladan, moliyaviy qiyinchiliklar tufayli O‘zbekistonga qayta olmayotgan fuqarolar Migratsiya agentligidan yordam olishi mumkin.
Agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasi hamda hududiy vakillari fuqarolarning murojaatlarini sutka davomida, 24/7 tartibda qabul qilmoqda.
Bildirilishicha, kelib tushgan har bir murojaat alohida ko‘rib chiqiladi. Fuqaroning holatidan kelib chiqib, zarur amaliy yordam ko‘rsatiladi. Agar O‘zbekistonga qaytish uchun imkoniyat bo‘lmasa, belgilangan tartib asosida yo‘l xarajatlarini qoplashda ham ko‘mak berilishi mumkin.
Rossiyada yordamga muhtoj o‘zbekistonliklar quyidagi raqamlar orqali murojaat qilishlari mumkin:
Koll-markaz, 24/7:
+7 (499) 230-00-32
+7 (499) 230-00-76
Ishonch telefoni, 24/7:
+7 (925) 045-47-44
Shuningdek, ayrim shaharlardagi Migratsiya agentligi hududiy vakillariga ham murojaat qilish mumkin:
Sankt-Peterburg:
+7 (951) 680-95-97
+7 (965) 772-70-79
Yekaterinburg:
+7 (936) 251-76-21
+7 (922) 186-35-6
Samara:
+7 (925) 750-87-57
Novosibirsk:
+7 (925) 743-89-03
+7 (932) 327-00-04
Krasnodar:
+7 (918) 173-00-09
Vladivostok:
+7 (964) 431-16-16
Migratsiya agentligi Rossiyada bo‘lib, O‘zbekistonga qaytishda moliyaviy yoki boshqa jiddiy muammolarga duch kelgan fuqarolarni murojaat qilishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning dastlabki yetti oyida xorijda murakkab vaziyatga tushib qolgan 2 888 nafar O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!