Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eron uning o‘g‘illaridan birini o‘ldirishga uringanini ma’lum qildi. Biroq u voqea qachon sodir bo‘lgani, qaysi o‘g‘li nishonga olingani va suiqasd rejasi qay darajada amalga oshirilganiga aniqlik kiritmadi. Bu haqda Netanyaxu 24 avgust kuni Isroilning “Channel 14” telekanaliga bergan telefon intervyusida aytdi.
“Eron o‘g‘illarimdan birini nishonga oldi. Eron o‘g‘illarimdan birini o‘ldirishga urindi”, — dedi Netanyaxu.
Bosh vazir qaysi o‘g‘li nishonga olinganini ma’lum qilmagan. Uning katta o‘g‘li Yair Mayamida yashaydi. Eronning Nyu-Yorkdagi BMTdagi vakolatxonasi esa Netanyaxuning bu ayblovlariga hozircha munosabat bildirmagan.
Netanyaxu bu bayonotni Isroilda 27 oktyabrga rejalashtirilgan umumiy saylovlar arafasida berdi. So‘nggi jamoatchilik fikri so‘rovlarida uning koalitsiyasi raqiblaridan ortda qolmoqda.
Shuningdek, Netanyaxu Shin Bet xavfsizlik xizmati rahbari David Ziniga bosh vazirlikka nomzodlarning barchasi uchun tegishli xavfsizlik choralarini ta’minlash zarurligini bildirganini aytdi.
Avvalroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan ochiq ziddiyatga kirishishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!