25 avgust kuni O‘zbekiston hududlarida asosan biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Aksariyat joylarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Ayrim hududlarda shamol tezligi kuchayib, chang-to‘zonlar yuzaga kelishi mumkin.
Respublika bo‘yicha kunduzgi harorat +32…+38 daraja, kechasi esa +17…+23 daraja atrofida bo‘ladi.
Eng yuqori harorat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida qayd etilib, havo +40 darajagacha isishi kutilmoqda.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida shamol kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Tog‘li hududlarda esa havo nisbatan salqin bo‘ladi. Bu yerlarda kechasi +12…+17 daraja, kunduzi esa +22…+27 daraja harorat kuzatiladi.
Meteorologlar fuqarolarga, ayniqsa kunning issiq vaqtida, ehtiyot choralariga rioya qilishni tavsiya etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!