“Misrning Qohira shahrida vafot etgan vatandoshimizning jasadi diplomatlar ko‘magida O‘zbekistonga olib kelindi”, – deb xabar bermoqda “Dunyo” agentligi.
Elchixona ma’lumotlariga ko‘ra, Andijon viloyatida tug‘ilgan 68 yoshli fuqaro U.K. yurak xuruji oqibatida vafot etgan. Hodisa haqida xabar olingan zahoti elchixona xodimlari Misrning mas’ul idoralari bilan tezkor aloqa o‘rnatib, kerakli hujjatlarni qisqa fursatda rasmiylashtirgan.
Diplomatlar marhumning oila a’zolarini ma’naviy va tashkiliy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratib, elchixona vakillari aviakompaniya va ritual xizmat ko‘rsatish idoralari bilan bog‘langan holda, jasadni o‘z vaqtida vatanga qaytarish masalasini hal etgan. Tegishli idoralarning hamkorligi natijasida marhumning jasadi O‘zbekistonga olib kelinib, milliy qadriyatlarga muvofiq dafn etilgan.
O‘zbekistonning Qohiradagi diplomatik vakolatxonasi tomonidan bundan avval ham Misrda vafot etgan yana bir fuqaroning jasadini repatriatsiya qilishda zarur yordam ko‘rsatilgandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!