$
11987.16 UZS
13.68
₽
146.29 UZS
-0.3
€
13393.25 UZS
-43.39
31° Kechasi 18°

“IIBdan kelgan xodimlarning videosini e’lon qilaman” – qashqadaryolik muxbir IIV Matbuot kotibini tuhmatda ayblamoqda

15:58 / 28.04.2022

Bugun, 28-aprel kuni Qashqadaryo viloyatiga oid xabarlarni berib boruvchi “Nasafnews” internet nashri muxbiri IIB xodimlari tomonidan viloyat hokimligiga olib ketilgan.

Maʼlum bo‘lishicha, muxbirlar ishlayotgan ofisga IIV va terrorizmga qarshi kurash boshqarmasida ishlashini aytgan xodimlar bostirib kelgan va xodimlardan biri sayt bosh muharririni majburiy tartibda olib ketishga harakat qilgan.

Bu haqda maʼlum qilgan nashr muxbiri xodimlarning qo‘lida hech qanday asos va chaqiruv xati yo‘qligini yozib qoldirgan.

Mahalliy blogerlardan birining yozishicha, u “Nasafnews” bosh muharriri bilan bir muddat oldin gaplashganida unga o‘zini vazir o‘rinbosari “Saidkarim” ekanini aytib tanishtirgan kishi, suhbatga chaqirganini, ammo u bu chaqiruv rasmiy bo‘lishi kerakligini yoki uning o‘zi ofisga kelishi mumkinligini aytganini bildirgan. Bir muddat o‘tib esa yuqoridagi holat sodir bo‘lgan.

IIV Matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov ushbu vaziyatga munosabat bildirib, muxbir D.Nabiyevning sayt ofisiga IIO xodimlari bostirib kirgani haqidagi iddaolarini “haqiqatdan yiroq” deb ataydi va muxbir shunchaki, “viloyat hokimiyatiga suhbatga taklif etilgan”ligini aytadi.

Shuningdek, G‘iyosov ijtimoiy tarmoq faollaridan “korporativ etika”ni qurol qilib, yolg‘on maʼlumotlarni tarqatishdan tiyilishlarini so‘raydi.

Xabardor.uz G‘iyosovning vaziyatga munosabati bo‘yicha Qashqadaryo viloyati hokimligi Matbuot kotibidan nashr muxbirining nega hokimlikka chaqirilgani yuzasidan izoh olishga urindi. Hokimlik matbuot kotibi Sodiqovning aytishicha, D.Nabiyevni viloyat hokimligi matbuot kotibi, qolaversa, viloyatdagi OAV vakillari hamda blogerlarning rahbari sifatida o‘zi chaqirgan va bunda hech qanday majburlov holatlari bo‘lmagan.

Bir qaraganda IIV hamda Qashqadaryo viloyati hokimligining Matbuot kotiblari bergan maʼlumotlar “bir joydan chiqdi”. Ammo...

“Hurmatli do‘stlar hozircha hammasi joyida.

Ammo IIV matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosovning iddaosiga tushunmadim, u meni yolg‘onchilikda ayblamoqda.

Xonamga IIB va terrorizmga qarshi kurash boshqarmasidanmiz deb kelgan xodimlarning videosini eʼlon qilaman.

G‘iyosov doimgidek, Toshkentda o‘tirib olib, mahalliy jurnalistlarni g‘iybatchilikda ayblashga urinmoqda. Va u bu xatti-harakati uchun javob berishi kerak.

Yolg‘on axborot tarqatishga javobgarlik bor ekanini eslatishga usta matbuot kotibining o‘ziga buni eslatib qo‘yish kerak, chog‘i”, – deb yozib qoldirdi Dilshod Nabiyev o‘zining telegramdagi kanalida.

U, shuningdek, haqiqatda hokimlik binosida uni IIV vaziri o‘rinbosari polkovnik Saidkarim Nishanbayev kutib turganini va u bilan suhbati do‘stona o‘tganini bildirgan.

“Uning (vazir o‘rinbosarining, -tahr.) fikrlashi menga yoqdi. Do‘stona suhbat qilish uchun chaqirgan ekan, ammo uning ortidagilar buni noto‘g‘ri tushunib, bostirib kelishibdi.

Saidkarim akaning bugun menga aytgan fikrlarini hurmat qilaman, haqiqatan jurnalistlarga ochiq odam ekan”, – deb yozadi nashr muxbiri.

Ana endi vazirlik Matbuot kotibiga qator savollar (jumladan, viloyat hokimligi matbuot xizmatiga ham) paydo bo‘ladi: IIO xodimlarining tahririyat binosiga bostirib kirishi holati bo‘lganini yashirish bu tizim rivoji yoki obro‘si uchun muhimmi? Umuman, buni bugungi texnik imkoniyatlar rivojlangan davrda yashirish mumkinmi?

Nabiyevning iddaosiga ko‘ra, “bu sayt xodimlariga qilingan birinchi bosim emas”. Nega ushbu tahririyat xodimlariga nisbatan bosimlarga ko‘z yumilyapti?..


Bu ham qiziq

Qarşida 1,4 ming gektar yerning suv ta’minoti yaxşilanadi

Qarşida 1,4 ming gektar yerning suv ta’minoti yaxşilanadi

Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahrida “Çap tarmoq” kanalini betonlaştiriş va uning atrofini obodonlaştiriş işlari boşlanadi.…
15:35 / 04.11.2026
Toşkentda havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda

Toşkentda havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda

5-noyabrga ötar keçasi Toşkent şahrida atmosfera havosi sifati yaxşilanişi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Ekologiya axborot xi…
09:25 / 05.11.2026
YPX xodimini haqorat qilib, videoni Instagram’ga joylagan fuqaro 8 sutkaga qamaldi

YPX xodimini haqorat qilib, videoni Instagram’ga joylagan fuqaro 8 sutkaga qamaldi

Andijon viloyatining Böston tumanida yöl-patrul xizmati inspektorini haqorat qilib, holat aks etgan videoni Instagram’ga joy…
15:40 / 04.11.2026
Turkiyadagi qurolli hujumda sakkiz kişi halok böldi

Turkiyadagi qurolli hujumda sakkiz kişi halok böldi

Turkiyaning Afyonkarahisar provinsiyasida 5-noyabr kuni sodir etilgan qurolli hujumlar oqibatida sakkiz kişi halok böldi. Hu…
14:45 / 06.11.2026
“Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olganlarga avtokredit böyiça imtiyoz beriladi

“Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olganlarga avtokredit böyiça imtiyoz beriladi

Özbekistonda “Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olgan şaxslarga avtokredit boşlanğiç badalining bir qismini qoplab beriş, ko…
14:28 / 06.11.2026
Viloyat narkologiya muassasasi faoliyatini takomillaştiriş böyiça yangi dastur işlab çiqiladi

Viloyat narkologiya muassasasi faoliyatini takomillaştiriş böyiça yangi dastur işlab çiqiladi

Viloyat narkologiya muassasasi faoliyati örganildi. Taşrifdan közlangan maqsad sohadagi mavjud holatni joyida baholaş va tiz…
09:22 / 05.11.2026
Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etişi mumkin

Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etişi mumkin

Tailand turizm qömitasi Özbekiston fuqarolari uçun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiş taklifini ma’qulladi. Taşabbus, şuning…
11:38 / 04.11.2026
Özbekistonda gaz va kömir taqsimoti ustidan nazorat kuçaytiriladi

Özbekistonda gaz va kömir taqsimoti ustidan nazorat kuçaytiriladi

Özbekistonda kuz-qiş mavsumida aholiga ajratilgan gaz va kömir mahsulotlarini öz vaqtida hamda töliq yetkazib beriş ustidan …
14:32 / 06.11.2026
Bugun ayrim hududlarda yomğir yoğadi, toğli joylarda sel xavfi mavjud

Bugun ayrim hududlarda yomğir yoğadi, toğli joylarda sel xavfi mavjud

Bugun Özbekiston böylab havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Samarqand, Jizzax, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunnin…
17:22 / 05.11.2026
Buxoroda 300 million dollarlik yangi xalqaro aeroport qurilmoqda

Buxoroda 300 million dollarlik yangi xalqaro aeroport qurilmoqda

Buxoro viloyatida xalqaro standartlarga mos, qiymati 300 million dollar bölgan yangi aeroport qurilmoqda. Yangi majmua bir v…
11:44 / 04.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!