5-noyabrga ötar keçasi Toşkent şahrida atmosfera havosi sifati yaxşilanişi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Ekologiya axborot xizmati ma’lum qildi.
Prognozlarga köra, keçki, tungi va ertalabki soatlarda havo sifati xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça asosan “örtaça”, ayrim vaqtlarda esa “sezgir guruhlar uçun nosoğlom” darajada bölişi mumkin. Milliy havo sifati indeksi böyiça esa körsatkiç asosan “yaşil”, qisqa muddat “sariq” darajada bölişi kutilmoqda.
Global ob-havo prognoz modellariga köra, 5-noyabrga ötar keçasi Toşkentda 2–6 millimetr yoğingarçilik kuzatilişi mumkin. Kutilayotgan yoğingarçilik havodagi PM2.5 va PM10 mayda zarraçalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxşilanişiga yordam berişi prognoz qilinmoqda.
Şuningdek, 5-noyabr kuni ertalab xalqaro AQI böyiça havo sifati “örtaça”, milliy indeks böyiça esa asosan “yaşil” darajada bölişi kutilmoqda.
Ayni paytda Toşkent şahrida atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!