$
11839.59 UZS
6.22
140.42 UZS
0.63
13569.35 UZS
-8.26
31° Kechasi 18°

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Smart Universitet”ga aylantiriladi

15:59 / 25.07.2022

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 2022/2023-o‘quv yilidan yangi avlod oliy ta’lim muassasasi – “Smart Universitet” konsepsiyasi asosida transformatsiya qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining 23-iyul kuni imzolangan “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tizimli isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Qarorga muvofiq universitetda akademik faoliyat ilmiy-tahliliy yo‘naltirilganlik va akademik yaxlitlik ta’lim texnologiyalari hamda ularni ta’minlovchi dasturiy-apparat kompleksi asosida, shu jumladan antiplagiat tizimini joriy etgan holda tashkil etiladi.

Har yili Universitetning kamida 10 nafar professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va magistrantlari xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalariga ilmiy stajirovka va malaka oshirish uchun yuboriladi.

2025-yil 1-yanvargacha Universitet jurnalini Scopus xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar  bazasiga kiritish choralari ko‘riladi.

Universitetga professor-o‘qituvchilariga ilmiy unvonlarni berish hamda ularni ishga qabul qilishda akademik mustaqillik negizida berilgan ilmiy unvonlar va ilmiy darajalarni tan olish vakolati beriladi.

2022/2023-o‘quv yili ikkinchi semestrida Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Toshkent davlat yuridik universiteti bilan Universitet o‘rtasida talabalar almashinuvini nazarda tutuvchi ichki akademik mobillik dasturlari asosida ta’lim olish istagini bildirgan talabalar uchun bir semestr mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish tashkil etiladi.

2022/2023-o‘quv yilidan Universitetning iqtidorli talabalari ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga yuboriladi.

Universitet huzurida “Xalqaro munosabatlar: siyosat, iqtisodiyot, huquq” jurnali tahririyati tashkil etiladi.

 


Bu ham qiziq

Toshkent maktablarida davomat sun’iy intellekt yordamida nazorat qilinmoqda

Toshkent maktablarida davomat sun’iy intellekt yordamida nazorat qilinmoqda

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi maktablarda o‘quvchilar davomatini sun’iy intellekt yordamida nazorat qilishga mo‘lja…
10:27 / 18.09.2026
Saida Mirziyoyeva Administratsiyadagi jamoa bilan yirik loyihalarni muhokama qildi

Saida Mirziyoyeva Administratsiyadagi jamoa bilan yirik loyihalarni muhokama qildi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva jamoa bilan muhim yo‘nalishlar va yaqin istiqbolda amalga oshirilishi …
12:41 / 16.09.2026
Urganchda pensiyani oshirib berishni va’da qilgan hokim yordamchisi ushlandi

Urganchda pensiyani oshirib berishni va’da qilgan hokim yordamchisi ushlandi

Urganch shahrida fuqaroning turmush o‘rtog‘i pensiyasini oshirib berishni va’da qilgan hokim yordamchisi ushlandi. Bu haqda …
14:13 / 18.09.2026
17-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

17-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat ke…
17:17 / 16.09.2026
Hamshiralar va oilaviy shifokorlarga oylik ustama to‘lash tartibi belgilandi

Hamshiralar va oilaviy shifokorlarga oylik ustama to‘lash tartibi belgilandi

O‘zbekistonda tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida 2027-yil 1-yanvardan boshlab ayrim mutaxassislarga har …
14:23 / 16.09.2026
Bolalar xavfsizligi: Yevropa ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh chegarasini kuchaytirmoqda

Bolalar xavfsizligi: Yevropa ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh chegarasini kuchaytirmoqda

Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula von der Leyen bolalarni ijtimoiy tarmoqlardagi xavflardan himoya qilish bo‘yicha yangi…
10:51 / 17.09.2026
Samarqandda bolalar kelajagi bo‘yicha Butunjahon sammiti o‘tkaziladi

Samarqandda bolalar kelajagi bo‘yicha Butunjahon sammiti o‘tkaziladi

21–22-oktyabr kunlari Samarqandda bolalar farovonligi va ularning kelajagiga oid dolzarb masalalarga bag‘ishlangan Butunjaho…
08:57 / 17.09.2026
Istanbulda qiyin vaziyatga tushgan ona uch farzandi bilan O‘zbekistonga qaytarildi

Istanbulda qiyin vaziyatga tushgan ona uch farzandi bilan O‘zbekistonga qaytarildi

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ko‘magida og‘ir vaziyatga tushib qolgan ayol uch nafar farzandi bilan Turkiya…
14:25 / 18.09.2026
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tonggi tarovat yurtiga tashrifi samimiy uchrashuv va suhbatlarga boy bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tonggi tarovat yurtiga tashrifi samimiy uchrashuv va suhbatlarga boy bo‘ldi

Birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammiti doirasida davlatimiz rahbari mintaqa davlatlari rahbarlari bilan mul…
09:06 / 17.09.2026
Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkentdagi qurilish jarayoni bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkentdagi qurilish jarayoni bilan tanishdi

​Shahar ko‘z o‘ngimizda shiddat bilan qad rostlamoqda va rivojlanmoqda. Hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan m…
16:09 / 17.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!