Urganch shahrida fuqaroning turmush o‘rtog‘i pensiyasini oshirib berishni va’da qilgan hokim yordamchisi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Jambul mahallasining tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi B.X. fuqaro Sh.Y.ning ishonchiga kirgan.
U Sh.Y.ning turmush o‘rtog‘i Z.K.ning yoshga doir pensiyasi miqdorini yuqori lavozimlarda ishlaydigan tanishlari orqali oshirib berishni va’da qilgan. Buning evaziga undan 15 million so‘m olgan.
Huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida B.X. pulni Sh.Y.ga qaytarib berayotgan vaqtida ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi, ya’ni firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!