O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ko‘magida og‘ir vaziyatga tushib qolgan ayol uch nafar farzandi bilan Turkiyadan O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Bosh konsulxona xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ayol ishlash maqsadida Turkiyaga borgan. Biroq u yerda uch farzandi bilan boshpanasiz va yordamga muhtoj holatda qolgan.
Murojaat kelib tushgach, Bosh konsulxona O‘zbekiston Respublikasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda oilani zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlagan. Shuningdek, kerakli hujjatlar rasmiylashtirilib, ona va farzandlarining O‘zbekistonga qaytishi uchun aviachiptalar olib berilgan.
Ayol aeroportda unga va farzandlariga ko‘rsatilgan yordam uchun O‘zbekiston Prezidenti, Migratsiya agentligi hamda Bosh konsullik xodimlariga minnatdorlik bildirgan.
Bosh konsulxona xorijda qiyin vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolariga amaldagi qonunchilik doirasida konsullik-huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatish ishlari davom ettirilishini ma’lum qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!