$
11795.00 UZS
-18.09
135.80 UZS
0.19
13698.71 UZS
21.51
31° Kechasi 18°

Rossiyada harbiylar safarbarlikka tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi

11:13 / 24.08.2026

Rossiyaning Kaliningrad viloyatida safarbarlik e’lon qilingan taqdirda amalga oshiriladigan choralar bo‘yicha harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda The Wall Street Journal G‘arb razvedka xizmatlari vakillariga tayanib xabar berdi.

Nashr manbalariga ko‘ra, iyul oyida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar davomida hududda safarbarlik tadbirlarini tashkil etishga tayyorgarlik darajasi tekshirilgan. Shuningdek, safarbar qilingan harbiylarni joylashtirish, ularni oziq-ovqat va qurol-yarog‘ bilan ta’minlash imkoniyatlari sinovdan o‘tkazilgan.

G‘arb maxsus xizmatlari vakillarining ta’kidlashicha, shunga o‘xshash mashg‘ulotlar Rossiyaning boshqa hududlarida ham o‘tkazilmoqda. Biroq ular aynan qaysi hududlarda bunday tadbirlar tashkil etilayotganini oshkor qilmagan.

WSJ manbalari mazkur mashg‘ulotlarni Rossiyada yangi safarbarlik to‘lqiniga tayyorgarlik sifatida baholagan. Ularning fikricha, sentyabr oyidagi parlament saylovlariga qadar safarbarlik e’lon qilinishi ehtimoli past.

Shu bilan birga, nashr suhbatlashgan ekspertlar agar Rossiya hukumati kuzda yangi safarbarlik e’lon qilsa, uning amaliy samarasi qanchalik yuqori bo‘lishi hozircha noma’lumligini qayd etgan. Mutaxassislar qish oylarida murakkab ob-havo sharoiti jangovar harakatlarning sur’atini pasaytirishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Karnegi jamg‘armasi tahlilchisi Maykl Kofmanning fikricha, yangi safarbarlik to‘lqini frontdagi vaziyatga 2027-yildayoq ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Yangi safarbarlik ehtimoli haqidagi xabarlar iyun oxiridan buyon tarqalmoqda. Eng ko‘p muhokama qilinayotgan taxminlardan biriga ko‘ra, Rossiyada safarbarlik sentyabrdagi saylovlardan keyin e’lon qilinishi mumkin.

Rossiya rasmiylari esa yangi safarbarlik rejalari mavjudligini inkor etib kelmoqda. Biroq 2022-yil sentyabrida safarbarlik e’lon qilinishidan oldin ham Rossiya hukumati shunga o‘xshash bayonotlar bergan edi. Shu bilan birga, 2022-yilda boshlangan safarbarlikni rasman yakunlash to‘g‘risida alohida farmon hozirgacha e’lon qilinmagan.

Yangi safarbarlik haqidagi xabarlar fonida “Kovcheg” huquqni himoya qilish tashkiloti avgust oyida rossiyaliklarning mamlakatdan emigratsiya qilish imkoniyatlariga qiziqishi keskin oshganini ma’lum qilgan.

 


Siyosat


														
														AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSH federal sudyasi Donald Tramp ma’muriyatining tug‘ilish orqali fuqarolik olish huquqini cheklashga qaratilgan yangi farm…
09:36 / 04.09.2026

														
														Rossiyada harbiylar safarbarlikka tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyada harbiylar safarbarlikka tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyaning Kaliningrad viloyatida safarbarlik e’lon qilingan taqdirda amalga oshiriladigan choralar bo‘yicha harbiy mashg‘u…
11:13 / 24.08.2026

														
														Tramp yana Eronga zarbalarni bekor qildi

Tramp yana Eronga zarbalarni bekor qildi

Oq uy rahbari Donald Tramp Yaqin Sharq mamlakatlarining iltimosiga binoan Eronga beriladigan zarbalarni vaqtincha to‘xtatish…
16:19 / 02.08.2026

														
														Tramp Kanada tovarlariga 50 foizlik boj joriy etdi

Tramp Kanada tovarlariga 50 foizlik boj joriy etdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanadada ishlab chiqarilgan vinolardan tortib xokkey tayoqchalari va sementgacha bo‘lgan ayrim …
10:44 / 21.07.2026

														
														Tramp JCH tugashi bilanoq Eronni bombardimon qilishni buyurdi

Tramp JCH tugashi bilanoq Eronni bombardimon qilishni buyurdi

AQSH prezidenti Donald Tramp 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati finali bo‘lib o‘tgan stadionni tark etganidan bir …
10:26 / 20.07.2026

														
														Manchesterning sobiq meri Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Manchesterning sobiq meri Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Manchesterning sobiq meri Endi Byornem Buyuk Britaniyadagi hukmron Leyboristlar partiyasining yangi rahbari etib saylandi.
11:38 / 18.07.2026

														
														Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga nomi o‘yib yozilgan to‘pponcha sovg‘a qildi

Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga nomi o‘yib yozilgan to‘pponcha sovg‘a qildi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqarada o‘tgan NATOning 36-sammiti yakunida alyans yetakchilariga ularning ismi o…
12:31 / 09.07.2026

														
														Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalar bekor qilinishini e’lon qildi

Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalar bekor qilinishini e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp 7-iyul kuni Anqarada bo‘lib o‘tayotgan NATO sammiti doirasida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib E…
10:04 / 08.07.2026

														
														“Yo kelishamiz, yo ishni oxiriga yetkazamiz”. Tramp Eronga yana tahdid qildi

“Yo kelishamiz, yo ishni oxiriga yetkazamiz”. Tramp Eronga yana tahdid qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp 6-iyul kuni Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda Eron bilan muzokaralar borasida keskin bayonot …
12:35 / 07.07.2026

														
														AQSh va Eronning Dohadagi muzokaralari yakunlandi

AQSh va Eronning Dohadagi muzokaralari yakunlandi

Qatar poytaxti Doha shahrida AQSH va Eron o‘rtasida o‘tkazilgan navbatdagi bilvosita muzokaralar yakunlandi.
08:52 / 02.07.2026

Bu ham qiziq

Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari yana oshmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil…
10:17 / 05.09.2026
Nursulton Ro‘ziboyev UFC jangida Maykl “Venom” Peyjga yutqazdi

Nursulton Ro‘ziboyev UFC jangida Maykl “Venom” Peyjga yutqazdi

Fransiya poytaxti Parijda o‘tkazilgan UFC Fight Night turnirida o‘zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev britaniyal…
09:33 / 06.09.2026
Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharo…
17:56 / 04.09.2026
Farg‘ona va Namanganda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Farg‘ona va Namanganda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda Qo‘qon shahrida giy…
10:32 / 04.09.2026
Isroillik vazir G‘azo aholisini ko‘chirish rejasini taqdim etdi

Isroillik vazir G‘azo aholisini ko‘chirish rejasini taqdim etdi

Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir kelgusi yetti yil ichida G‘azo sektoridagi 2 milliondan ortiq falastinlikni …
14:24 / 04.09.2026
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoa…
15:25 / 05.09.2026
16 yoshga to‘lmaganlar homiladorligi haqida xabar bermaganlar jarimaga tortilishi mumkin

16 yoshga to‘lmaganlar homiladorligi haqida xabar bermaganlar jarimaga tortilishi mumkin

O‘zbekistonda erta nikoh, 16 yoshga to‘lmaganlarning homiladorligi va tug‘ishi bilan bog‘liq holatlar haqida tegishli organl…
10:57 / 06.09.2026
Qozog‘istonda pensiyalar inflyatsiyadan yuqori sur’atda oshdi

Qozog‘istonda pensiyalar inflyatsiyadan yuqori sur’atda oshdi

Qozog‘istonda pensiyalar o‘sishi inflyatsiya darajasidan yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. Biroq ekspertlar bu raqamlar ortida…
15:18 / 06.09.2026
Suvdan qarzni yopish bahonasida 25 kishini “uxlatgan” nazoratchi ushlandi.

Suvdan qarzni yopish bahonasida 25 kishini “uxlatgan” nazoratchi ushlandi.

“Buxoro suv ta’minoti” AJning sobiq nazoratchisi 25 nafar fuqarodan suv iste’moli uchun deb olgan mablag‘larni o‘z ehtiyojla…
17:08 / 04.09.2026
Way II investorlariga dividendlar to‘lab berildi

Way II investorlariga dividendlar to‘lab berildi

3-sentabr kuni Akfa Aluminium Group kompaniyasiga investitsiya kiritgan Way II hamkorlariga 2026-yilning birinchi yarim yill…
14:50 / 04.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!