Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida uchta avtomobil — Labo, Lacetti va Tracker ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. To‘qnashuvdan so‘ng avtomobillarda yong‘in kelib chiqqan.
Viloyat YHXB ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 24-avgust kuni soat taxminan 07:30 da Toshkent—Nurafshon avtomobil yo‘lining 9-kilometrida yuz bergan.
1991-yilda tug‘ilgan haydovchi Labo avtomobilini qayrilish mumkin bo‘lgan joydan burayotgan vaqtda o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Lacetti hamda Tracker bilan to‘qnashgan.
To‘qnashuv oqibatida uchala avtomobilda ham yong‘in chiqqan. Yong‘in FVV xodimlari tomonidan to‘liq bartaraf etilgan.
Hodisa natijasida hech kim jarohatlanmagan. Hozirda holat yuzasidan O‘rta Chirchiq tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 15-avgust kuni Toshkent viloyatining Qorasuv—Bo‘ka—Bekobod avtomobil yo‘lida Cobalt ishtirokidagi YTH oqibatida Spark ag‘darilib ketgan. Hodisada 39 yoshli erkak va uning 5 yoshli farzandi halok bo‘lgan, yana bir ayol shifoxonaga yotqizilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!