13 ming Kaliforniyalik o‘rmon yong‘inlari tufayli evakuatsiya qilindi. Ularning eng kattasi “Tompson olovi” deb nom olgan, Byut okrugida sodir bo‘lgan. Bu haqda “Mir24” telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, tongda alanga to‘satdan boshlanib, katta tutun ko‘targan. U esa tezda deyarli sakkiz ming kvadrat kilometr maydonga tarqalgan. O‘t o‘chiruvchilar yong‘inning uylarga yetib borishini to‘xtatishga harakat qilib, yo‘llar bo‘ylab saf tortganlar.
Shuningdek, bu vaqtda vertolyotlar olov ustiga havodan suv tashlagan.
“ Mahalliy aholi qutqaruvchilarga yordam bermoqda, federal hukumat ham yong‘inni o‘chirishga yordam berishga va’da berdi”, deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!