$
11903.15 UZS
-62.36
₽
146.75 UZS
0.79
€
13329.15 UZS
-108.12
31° Kechasi 18°

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

12:32 / 23.10.2026

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva onkologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirishdagi yetakchiligi va har bir bolaning sog‘lom hayot kechirish huquqini global miqyosda ilgari surgani uchun JSSTning nufuzli xalqaro mukofoti — WHO Director-General’s Award 2026 bilan taqdirlandi.

🔷Bu qanday mukofot?

WHO Director-General’s Award — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktorining global sog‘liqni saqlash sohasidagi nufuzli xalqaro mukofoti. U 2019-yilda JSST Bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus tomonidan ta’sis etilgan. Laureatlarni shaxsan JSST Bosh direktori tanlaydi.

Ushbu mukofot global sog‘liqni saqlash sohasida alohida yetakchilik ko‘rsatib, aholi salomatligini muhofaza qilishda aniq natijalarga erishgan shaxslarga beriladi. Mukofot har yili cheklangan sondagi shaxslarga taqdim etiladi.

Masalan, 2024-yilda uch nafar, 2025-yilda ikki nafar laureat ushbu mukofotga loyiq ko‘rilgan. Ular orasida Nobel mukofoti sovrindorlari, amaldagi hukumat rahbarlari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari va taniqli olimlar bor.

Xususan, Barbados Bosh vaziri Mia Mottli, fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari Katalin Kariko va Dryu Vaysman, global sog‘liqni saqlash sohasidagi taniqli olim Piter Piot, Garvard professori Pol Farmer kabi dunyoga mashhur shaxslar ham ushbu mukofot bilan taqdirlangan.

🔵Mia Mottli — iqlim o‘zgarishi va uning inson salomatligiga ta’siri masalalaridagi yetakchiligi, shuningdek, mikroblarga qarshi preparatlarga chidamlilikka qarshi kurash bo‘yicha Global yetakchilar guruhi raisi sifatidagi faoliyati uchun 2024 yilda taqdirlangan.

🔵Katalin Kariko va Dryu Vaysman — COVID-19ga qarshi mRNK vaksinalarini yaratishga yo‘l ochgan ilmiy tadqiqotlari va ushbu texnologiyani rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun 2024-yilda mukofotlangan. Ularning kashfiyotlari pandemiya davrida samarali mRNK vaksinalarini ishlab chiqishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Kariko va Vaysman 2023-yilda fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga ham sazovor bo‘lgan.

🔵Piter Piot — global sog‘liqni saqlash sohasidagi ko‘p yillik faoliyati va jamoat salomatligiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun 2023-yilda taqdirlangan. U Ebola virusining ilk kashf etilishi va birinchi epidemiyani jilovlash ishlarida ishtirok etgan, keyinchalik OIV/OITSga qarshi global kurashda yetakchi rol o‘ynagan.

🔵Pol Farmer — dunyoning eng kam ta’minlangan aholi qatlamlariga sifatli tibbiy yordamni yetkazish, sog‘liqni saqlashda tenglikni ta’minlash, inson huquqlari va ijtimoiy tengsizlik masalalaridagi ko‘p yillik faoliyati uchun 2022 yilda vafotidan so‘ng taqdirlangan.

U Garvard tibbiyot maktabining Global salomatlik va ijtimoiy tibbiyot departamenti rahbari hamda kam ta’minlangan aholiga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi Partners In Health xalqaro tashkiloti hammuassisi bo‘lgan.

🔵 Ziroat Mirziyoyevaning bolalar onkologiyasi bo‘yicha tibbiy yordam tizimini rivojlantirishdagi yetakchiligi, shuningdek, har bir bolaning sog‘lom hayot kechirish huquqini global miqyosda ilgari surish borasidagi faoliyati esa alohida e’tirof etildi.

“Muhtaram Birinchi xonim! Siz butun dunyoda bolalar, ayniqsa, onkologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalar manfaatlari yo‘lida chinakam kurashchi, har bir bolaning ta’lim olish va sog‘lom hayot kechirish huquqining himoyachisisiz”, — dedi JSST Bosh direktori Tedros Adanom Gebreisus.



JSSTning mazkur nufuzli mukofoti Birinchi xonim boshchiligida bolalar salomatligini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalarning global miqyosdagi e’tirofi bo‘ldi.


Bu ham qiziq

22-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

22-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

TOSHKENT SHAHRI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kecha…
15:59 / 21.10.2026
Uzoq muddatli elektr uzilishlariga qaramay, Ukraina Vengriya va Moldovaga elektr energiyasini sotmoqda

Uzoq muddatli elektr uzilishlariga qaramay, Ukraina Vengriya va Moldovaga elektr energiyasini sotmoqda

Ukrainaning “Ukrainian News” axborot agentligi seshanba kuni xabar berishicha, mamlakat ichidagi uzoq muddatli elektr uzilis…
17:20 / 20.10.2026
Tramp ma’muriyati 300 mingdan ortiq vizani bekor qildi

Tramp ma’muriyati 300 mingdan ortiq vizani bekor qildi

AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati 2025-yil yanvarida boshlangan ikkinchi prezidentlik muddati davomida 300 mingdan or…
09:23 / 21.10.2026
Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

JSSTning mazkur nufuzli mukofoti Birinchi xonim boshchiligida bolalar salomatligini himoya qilish borasida amalga oshirilayo…
12:32 / 23.10.2026
O‘zbek alifbosidagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi

O‘zbek alifbosidagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni…
15:06 / 21.10.2026
Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Ozarbayjon va Turkmaniston vakillari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Ozarbayjon va Turkmaniston vakillari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobod shahrida g‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatuvchi xayriya jamg‘armasi vitse-prezidenti …
16:02 / 21.10.2026
Rossiyadan o‘zbekistonlik ayol va uning farzandi vatanga qaytarildi

Rossiyadan o‘zbekistonlik ayol va uning farzandi vatanga qaytarildi

O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyada ushlab turilgan o‘zbekistonlik ayol va mehribonlik uyi…
11:40 / 21.10.2026
Ziroat Mirziyoyeva 21-oktyabr kuni Samarqandda nutq so‘zlaydi

Ziroat Mirziyoyeva 21-oktyabr kuni Samarqandda nutq so‘zlaydi

Sammit doirasida bolalar salomatligi, ta’limi, ijtimoiy himoyasi va xavfsizligiga investitsiyalarni kuchaytirish masalalari …
17:36 / 20.10.2026
AQSh Meksika chegarasida migrantlarga qarshi issiqlik qurolini sinashi mumkin

AQSh Meksika chegarasida migrantlarga qarshi issiqlik qurolini sinashi mumkin

AQSH Mudofaa vazirligi (Pentagon) Milliy xavfsizlik vazirligiga Meksika chegarasida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan issiqlik nuri…
23:56 / 22.10.2026
Ziroat Mirziyoyeva global sog‘liqni saqlashga qo‘shgan hissasi uchun nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldi

Ziroat Mirziyoyeva global sog‘liqni saqlashga qo‘shgan hissasi uchun nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldi

Mukofot 2019-yilda ta’sis etilgan. U aholi salomatligini muhofaza qilish sohasida aniq natijalar bergan alohida yetakchilik …
10:57 / 22.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!