$
11994.10 UZS
6.94
₽
145.79 UZS
-0.5
€
13420.20 UZS
26.95
31° Kechasi 18°

“Ko‘chada antisanitar holatda sotilayotgan muzqaymoqda bakteriya bo‘lishi mumkin” – Sanepidqo‘mita

14:30 / 30.07.2024

Ko‘chada antisanitar holatda sotilayotgan muzqaymoqda stafilokokk bakteriyasi bo‘lishi mumkin.

Bugungi kunda muzqaymoq asosan sut mahsulotidan tayyorlanishi sababli tez o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega. Shu sababli doim sovuq haroratda saqlash talab etiladi.

Shu o‘rinda eslatib o‘tish joiz agar issiqlik ta’sirida muzqaymoq erisa, qaytadan muzlatib, iste’mol qilish mumkin emas. Chunki jarayon davomida muzqaymoqning tarkibi o‘zgarib, bakteriyalarni o‘ziga jalb qilish xususiyati ortadi.

Afsuski, bugun ko‘chada ruxsat etilmagan idishlarda muzqaymoq sotish holatlari kuzatilmoqda.

Tabiiyki, muzqaymoq solingan idishlar muzlatkich imkoniyatiga ega emas. Shu sababli ichidagi mahsulotni yetarli darajada salqin va sifatli saqlab berolmasligi ham bor gap.

Bugungi kunda yo‘l-yo‘lakay sotilayotgan muzqaymoqlar ko‘paydi. Oxirgi paytlarda ana shu mahsulotlardan iste’molchilarning zaharlanish holatlari yuzaga kelmoqda. Ko‘cha-ko‘yda sotilayotgan muzqaymoq solingan aksariyat idishlar bugungi kunda sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydi. Bunday plastik idishlarni esa kimyoviy usulda zararsizlantirish imkoniyati ham mavjud emas.

Zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida nazorat reyd tadbirlarini olib borilmoqda. Mahsulotlardan nazorat tahlili olganimizda ko‘chada sotilayotgan muzqaymoq tarkibida stalifilokokk bakteriyasi aniqlandi. Qayd etish joizki, ko‘p hollarda stafilokokk ikkilamchi infeksiyalarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Patogen stafilokokk tushgan sut va sut mahsulotlari: tort, muzqaymoq va boshqa oziq-ovqatlarni iste’mol qilganda kishi zaharlanishi mumkin.

Yo‘l-yo‘lakay sotilayotgan muzqaymoqlarning qachon va qayerda, qanday sharoitda ishlab chiqarilgani, tarkibi, saqlash muddati hamda sharoiti to‘g‘risida hech qanday ma’lumot yo‘q. Shuningdek, bu mahsulotni sotayotgan sotuvchilar maxsus kiyim-bosh bilan ta’minlanmagan va ularning tibbiy ko‘rikdan o‘tgani to‘g‘risida maxsus yuritiladigan daftari ham mavjud emas. Talabga ko‘ra, maishiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, savdo shoxobchalari va oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanadigan xodimlar har olti oyda tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishlari zarur.

Muzqaymoq asab va oshqozon-ichak faoliyatining bir maromda kechishida foydali, ammo bu mahsulotni tayyorlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish juda zaruriy omildir. Avvalo sut mahsulotining qayerdan olib kelingan, veterinariya ekspertizasidan o‘tib, ma’lumotnomaga ega bo‘lganmi, shuningdek, epidemiologik vaziyati yaxshi sigirlardan olinganmi, shularga diqqat qaratish darkor.

Muzqaymoqni tayyorlaganda, albatta, zarur texnologik jarayonlarga amal qilish, shaxsiy gigiyena qoidalarini qat’iy bajarish kerak. Agar ishchi-xodimlar yuqori nafas kasalliklari — tonzillit, gaymorit, stomatit bilan kasallangan bo‘lsa, bu ishchilarni vaqtinchalik ishdan ozod qilib, davolangandan keyin qabul qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bundan tashqari, qo‘lida teri-kasalliklari va panaritsiya bo‘lsa, bunday xodimlarni ham ishdan belgilangan tartibda chetlashtirish zarur. Shu bois har bir oziq-ovqat mahsulotini tayyorlaganda xodimlar sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishlari talab etiladi. Xususan, tozalikni saqlash bo‘yicha ishchilar orasida tez-tez profilaktika tadbirlarini o‘tkazib turish zarur. Tozalik oshqozon-ichak kasalliklarining oldini olishda eng samarali va qulay usuldir.


O‘zbekiston


														
														Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

AQŞ prezidenti Donald Tramp Nvidia boş direktori Jensen Xuangning Xitoy foydasiga josuslik qilişda gumonlanayotgan ayol bila…
10:08 / 10.11.2026

														
														Rossiyada 8 nafar özbekistonlik foydasiga 1,5 mln rubldan ortiq mablağ undirildi

Rossiyada 8 nafar özbekistonlik foydasiga 1,5 mln rubldan ortiq mablağ undirildi

Rossiyada iş haqini ololmagan 8 nafar özbekistonlikning mehnat huquqlari sud orqali himoya qilindi. Natijada ularning foydas…
10:03 / 10.11.2026

														
														Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Özbekistonda yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun belgilangan jarima 60 kun içida tölanmasa, haydovçining transport vosit…
10:01 / 10.11.2026

														
														Qarşidagi oilaviy restoranda yonğin sodir böldi

Qarşidagi oilaviy restoranda yonğin sodir böldi

10-noyabr kuni Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahridagi oilaviy restoranda yonğin sodir böldi. Bu haqda viloyat Favqulodda va…
09:48 / 10.11.2026

														
														Özbekistonda bugun yomğir yoğişi, ayrim hududlarda momaqaldiroq kuzatilişi mumkin

Özbekistonda bugun yomğir yoğişi, ayrim hududlarda momaqaldiroq kuzatilişi mumkin

Bugun, 10-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan bölib, respublikaning ayrim hududlarida kuçli yomğir yoğişi va momaq…
16:07 / 09.11.2026

														
														Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlarga bölgan içki talabni qondiriş maqsadida ularni mahalliy işlab çiqariş imkoniyatlari örganiladi. Bu…
15:57 / 09.11.2026

														
														Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkent şahridagi “Hilton Taşkent City” mehmonxonasida ötkazilgan III Özbekiston – Rossiya media forumida ikki mamlakat örta…
15:41 / 09.11.2026

														
														Samarqandda işga joylaştirişni va’da qilgan maktab direktori uşlandi

Samarqandda işga joylaştirişni va’da qilgan maktab direktori uşlandi

Samarqand şahrida umumiy örta ta’lim maktabi direktori fuqaroni öqituvçi lavozimiga işga joylaştiriş evaziga 400 AQŞ dollari…
14:50 / 09.11.2026

														
														Umraga yuborişni va’da qilib, fuqarolardan qariyb 7 ming dollar olgan şaxslar uşlandi

Umraga yuborişni va’da qilib, fuqarolardan qariyb 7 ming dollar olgan şaxslar uşlandi

Samarqand va Guliston şaharlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan jami 6 995 do…
14:28 / 09.11.2026

														
														Özbekiston 2030-yilga borib mis işlab çiqarişni 500 ming tonnaga yetkazmoqçi

Özbekiston 2030-yilga borib mis işlab çiqarişni 500 ming tonnaga yetkazmoqçi

Özbekistonda mis işlab çiqariş hajmini 2030-yilga qadar 500 ming tonnaga yetkaziş rejalaştirilgan. Bu haqda Prezident Şavkat…
13:58 / 09.11.2026

Bu ham qiziq

Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturi boşlanadi

Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturi boşlanadi

Kelgusi yildan Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturini amalga oşiriş boşlanadi. Dastur doirasida mahalliy mutax…
13:35 / 09.11.2026
Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026
Özbekistonlik kinoijodkorlar Istanbul Sinema Muzeyiga taşrif buyurişdi.

Özbekistonlik kinoijodkorlar Istanbul Sinema Muzeyiga taşrif buyurişdi.

Alohida ta’kidlaş joizki, Özbekistonda ham milliy kino merosini asrab-avaylaş va keng tarğib etiş, “Özbekfilm” hududida Kino…
16:06 / 07.11.2026
Toşkentda isitiş tizimi 9-noyabrdan bosqiçma-bosqiç işga tuşiriladi.

Toşkentda isitiş tizimi 9-noyabrdan bosqiçma-bosqiç işga tuşiriladi.

Toşkentda 9-noyabrdan maktab, boğça, şifoxona va köp kvartirali uylarga issiqlik beriş boşlanadi. Isitiş tizimi bosqiçma-bos…
08:55 / 07.11.2026
“NURA Electric” korxonasida 100 ga yaqin muhandis öz işlanmalarini amaliyotga tatbiq etmoqda

“NURA Electric” korxonasida 100 ga yaqin muhandis öz işlanmalarini amaliyotga tatbiq etmoqda

“NURA Electric” korxonasida muhandislik işlanmalari va dual ta’lim tizimini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ko…
13:31 / 09.11.2026
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Özbekistonda yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun belgilangan jarima 60 kun içida tölanmasa, haydovçining transport vosit…
10:01 / 10.11.2026
Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

AQŞ prezidenti Donald Tramp Nvidia boş direktori Jensen Xuangning Xitoy foydasiga josuslik qilişda gumonlanayotgan ayol bila…
10:08 / 10.11.2026
Toşkentda havo sifati “yaşil” darajaga kötarildi

Toşkentda havo sifati “yaşil” darajaga kötarildi

Toşkent şahrida 6-noyabrga ötar keçasi yomonlaşgan atmosfera havosi sifati tongga kelib yaxşilandi. Milliy havo sifati indek…
16:13 / 06.11.2026
Qirğiziston maktablarida qoğoz darsliklar örniga planşetlar beriladi

Qirğiziston maktablarida qoğoz darsliklar örniga planşetlar beriladi

Mamlakat prezidenti Sadir Japarov 5–6 yil içida öquvçilarni qoğoz kitoblar örniga planşetlar bilan ta’minlaş rejalaştirilayo…
09:53 / 07.11.2026
Özbekiston terma jamoasining noyabr oyidagi yiğin uçun tarkibi e’lon qilindi

Özbekiston terma jamoasining noyabr oyidagi yiğin uçun tarkibi e’lon qilindi

Özbekiston milliy terma jamoasining joriy yil noyabr oyida FIFA kunlari doirasida ötkaziladigan yiğin uçun tarkibi ma’lum bö…
11:27 / 09.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!